Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » ZOMIN TUMANI “CHORVADOR” QISHLOQ FUQAROLAR YIG`INIDA ICHKI YO’LLAR SOZLANMOQDA

ZOMIN TUMANI “CHORVADOR” QISHLOQ FUQAROLAR YIG`INIDA ICHKI YO’LLAR SOZLANMOQDA

03 февраль 2023 йил
166
0

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktabrdagi “2022-2023  yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-408-sonli qarori bilan Jizzax viloyatining o’zida 159 ta qishloq va mahalla fuqarolar yig’inlarida qator loyihalarning amalga oshirish ishlari allaqachon boshlab yuborilgan. Shular qatori tumanimizda ham 33 ta loyihalar amalga oshirilishi ko’zda tutilgan bo’lib, bir qator liyihalar qish-qirovli ob-havo sharoiti bo’lsa ham boshlandi. Joylarda qizg’in davom etayotgan ishlar natijasida, qurilish-bunyodkorlik, yo’l, tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minoti, ichimlik suvi, elektr energiyasidagi kamchiliklarning bartaraf etilishi ko’zda tutilgan.

Qishloq joylarda yog’ingarchilik mavsumida eng asosiy muammolardan biri ichki qatnov yo’llari hisoblanadi. Shuning uchun ham bugun 4-sektor hududidagi “Jaloir” qishlog’ida boshlangan ichki yo’llar ta’mir ishi qishloq ahlini xursand qildi.

Qariyb 750 metrlik ichki yo’l kengaytirilib, qayta shag’allashtiriladi hamda sel yuvgan, nuragan qismlari to’la ta’mirlanadi. Shuningdek, 4-sektor hududidagi katta avtomobil yo’llari chetidagi himoya to’sinlari, yo’l ko’rsatgichlari ham tuman Yo’llardan Foydalanish Unitar korxonasi ishchi-xizmatchilari tomonidan ta’mirlanayapdi.

Zomin tumani hokimligi

Axborot xizmati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar