Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » "OLIMA AYOL-ILMLI MILLAT ASOSCHISI"

"OLIMA AYOL-ILMLI MILLAT ASOSCHISI"

17 февраль 2023 йил
270
0

2023-yil 17-fevral kuni Jizzax viloyati Zomin tuman Axborot-kutubxona markazida Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuniga bag‘ishlab "Olima ayol-ilmli millat asoschisi" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tumanimizning ko'zga ko'ringan maktabda necha yillardan beri ustozlik qilibkelgan nafaqadagi ustoz murabbiy Bozorova Nazira Ochilovna ishtirokida o‘tgan tadbirda bo‘lajak o'qituvchilar, turli sohalar yosh vakillari ishtirok etdilar.

Zomin Axborot-kutubxona markazi direktori Nargiza Anvarova davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mamlakatimizda xotin-kizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolliklarini oshirish, ilmiy faoliyatga keng jalb qilish, bandligini ta'minlash, tadbirkorlikka keng jalb etish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgani va shu islohotlar natijasi o‘laroq ilmli, kitobxon millat barpo etilayotganini ta'kidladi. “Nozik hilqat hisoblanmish ayollar zimmasida nafaqat yurt kelajagi – farzandlar tarbiyasi, balki yurt tinchligi, hayot farovonligi uchun xizmat qiluvchi buyuk kashfiyotlar va ilmiy izlanishlar yuklanganligi sir emas. Bugungi tadbir ishtirokchilari o‘z suhbatlari orqali yoshlarimizga ilmiy yangiliklarga intilishda turki bo‘la olishlariga umid qilamiz”. Davra suhbati boshlovchisi - Nargiza Anvarova BMT Bosh Assambleyasi tomonidan ayollar va qizlarning ilm-fan bilan to‘laqonli foydalanishlariga keng imkoniyatlar yaratilishi, shuningdek xotin-qizlarning huquqlarini kengaytirish maqsadida 11-fevral – Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni deb e'lon qilinganligi haqida ma'lumot berdi. “Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili”da yurtimizda xotin-kizlarni har tomonlama ko‘llab-quvvatlash, ularni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish, ijtimoiy faolliklarini oshirishga qaratilgan islohotlar jarayonida “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalkaro kuni"ning nishonlanishi olima ayollar va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boraëtgan xotin-qizlarga ehtirom ko‘rsatilishiga zamin yaratadi. Shu bois mamlakatimizning barcha tashkilotlarida, viloyatu tumanlarida joriy yil 6-11-fevral kunlari turli ilmiy-amaliy, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar va tanlovlar o‘tkazilmoqda”.

Davra suhbati davomida tadbir ishtirokchilari ta'lim va ilm-fan sohasi rivojiga qo‘shayotgani salmoqli hissasi hamda mamlakatimizda xotin-qizlarga berilayotgan yuksak e'tibor, yaratilgan shart-sharoitlar, keng imkoniyatlar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bayon etdilar.

Zomin tumani hokimligi

Axborot xizmati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

"Navoiy yodi ila yashaymiz mudom"
09 февраль 2023, Четверг
"Navoiy yodi ila yashaymiz mudom"
ZOMIN TUMAN HOKIMI SPORTCHILAR BILAN UCHRASHDI
06 февраль 2023, Понедельник
ZOMIN TUMAN HOKIMI SPORTCHILAR BILAN UCHRASHDI
SUD ISLOHOTLARI YANGI BOSQICHDA
26 январь 2023, Четверг
SUD ISLOHOTLARI YANGI BOSQICHDA
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar