ZOMINDA HARBIYLAR UCHUN QURILGAN UYLAR O’Z EGALARIGA TOPSHIRILDI
Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari tashkil topganining 31 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Zomin tumanining “Duoba” qishloq fuqarolar yig’ini hududida tumandagi DXX Chegara Qo’shinlariga qarashli 92-25 harbiy qismi harbiy xizmatchilari uchun qurib bitkazilgan turar joylar foydalanishga topshirildi. Yangi uylarni topshirish marosimida keng jamoatchilik vakillari hamda harbiy xizmatchilar, ularning oila azolari ishtirok etdi.
Tadbirda soʻz olganlar Qurolli Kuchlarimizni zamonaviy qurol-aslaha, zarur texnikalar bilan taʼminlash, harbiy xizmatchilarning jangovar shayligini oshirish barobarida ijtimoiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, ularni uy-joy va maishiy sharoitlarini yaxshilashga alohida eʼtibor qaratilayotganini taʼkidlashdi. Bayram arafasida 22 nafar harbiy oilasiga yangi uylar kalitining topshirilishi ana shunday yuksak eʼtibor namunasidir.
Uylar zarur jihozlar bilan taʼminlangan. Eng muhimi, harbiylarning farzandlari uchun ham aliohida sharoitlar yaratilib, barcha jihatlar hisobga olingan.
Tadbirda Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev, viloyatdagi sektor rahbarlari, Zomin tumani hokimi Alisher Abdug’aniyev va Mudofaa vazirligi mutasaddilari ishtirok etdi.
Zomin tumani hokimligi
Axborot xizmati