ZOMIN TUMANI HOKIMINING QISHLOQ XO`JALIGI MASALALARI BO`YICHA O`RINBOSARI HISOBOTI TINGLANDI
2023-yil 18-fevral kuni xalq deputatlari Zomin tuman Kengashidagi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi deputatlik guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022- yil 8-fevraldagi “Chorvachilikni yanada rivojlantirish va chorva ozuqa bazasini mustahkamlash chora tadbirlari to‘g‘risida” PQ-121sonli qarorining ijrosi yuzasidan tuman hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari X.Yaxshiboyevning hisoboti tinglandi. Hisobotda tumanda chorvachilikni yanada rivojlantirish va chorva ozuqa bazasini mustahkamlash bo‘yicha qilinayotgan ishlar yuzasidan to‘liq ma’lumotlar berildi.
Tumanda 2022-yilda 2 ta ya’ni bitta sut yo‘nalishida bitta go‘sht yo‘nalishida kooperatsiya tashkil etildi -deydi Xayrulla Yaxshiboev. Jumladan, “Qo‘ng‘irboy” fermer xo‘jaligi tomonidan 20 ta xonadonga chorva mollari berilib, ozuqa mahsulotlari bilan ham ta’minlanib borilmoqda. Yetishtirilgan sut mahsulotlarini shu fermer xo‘jaligi tomonidan sotib olinib qayta ishlovchi korxonalarga yetkazib berilmoqda. Natijada, 20 ta xonadon oila a’zolari bandligi ta’minlangan. Shuningdek, “Ardasher yangi chorvasi” fermer xo‘jaligi tomonidan 12 ta xonadon bilan shartnoma tuzilib, go‘sht yo‘nalishidagi qoramollar yetkazib berilib, xonadonlarda boqilgan chorva mollarini qayta sotib olinmoqda. Lalmi maydonlarini o‘zlashtiruvchi va gidroponika usulida chorva ozuqalarini yetishtiruvchi subyektlariga uskunalarni xarid qilish uchun xarajatining 20 % ni davlat byudjetidan qoplab berishi fermer xo‘jaliklari rahbarlariga tushuntirib borilmoqda. Natijada, tumanda “Saloxiddin chorva invest” fermer xo‘jligi va “Nasldor dala chorvasi” fermer xo‘jaliklarida gidroponika usulida sug‘orish tizimi tashkil etildi.
Ozuqa bazasini mustahkamlash maqsadida, sug‘orilmaydigan yaylov yer maydonlarida chorva ozuqalarini yetishtirish maqsadida tumanda 3 ta chorvachilik subyektlarida 300 gektar lalmi yer maydoni ajratildi. Tik quduq arteizianlari qazilib yomg‘irlatib va tomchilatib sug‘orish tashkil etilib, 300 gektar yer maydonlari o‘zlashtirildi, o‘zlashtirilgan maydonlarga beda va makka ozuqalari ekildi
Deputatlar kun tartibidagi masala bo‘yicha ma’ruzachiga savol va takliflar bildirishdi. Tuman hokimining qishloq xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining hisoboti qoniqarli deb topildi.
O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi M.G‘oibnazarov