Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » ZOMINLIK YOSH KITOBXON JASURBEK RESPUBLIKADA UCHINCHI O`RIN SOHIBI BO’LDI

ZOMINLIK YOSH KITOBXON JASURBEK RESPUBLIKADA UCHINCHI O`RIN SOHIBI BO’LDI

27 февраль 2023 йил
214
0

Xabaringiz bor, «Yosh kitobxon» tanlovining bir necha yosh toifasidagi respublika bosqichi g’oliblari bir-bir aniqlandi. Quvonarlisi, g’olib  va sovrindorlar orasida zominlik kitobsevar yoshlarimiz ham bor.

Jumladan, tumandagi 47-maktab 7-sinf oʻquvchisi Jasurbek Abdugʻafforov «Yosh kitobxon» koʻrik-tanlovi Respublika bosqichida munosib ishtirok etib, faxrli uchinchi  oʻringa ega boʻldi. Jasurbek Dunyomiddin o‘g‘li 319,7 ball to’plab, 30 million soʻmlik sertifikatga ega chiqdi.

-Bu ulkan natijaga erishishimda maktabimiz direktori Nazirqul Jaylovob, ustozim Lola To’raqulova, maktabdagi barcha o’qituvchilarimning, tuman Yoshlar ishlari agentligi faollarining, meni qo’llab-quvvatlab turgan, o’tgan mavsumlarda pastroq natija ko’rsatganimda ham ishonch bildirib dalda bergan barcha insonlarning hissasi bor,-deydi Jasurbek. –Eng kata tashakkurimni esa avvalo ota-onamga, yaqinlarimga, shu bilan birga bobojonimga bildiraman!

 Eslatib oʻtamiz, «Gʻallakor» qishloq fuqarolar yig’inidagi «Boymoqli» qishlogʻilik bu yosh bilimdon Oʻzbekiston Yozuvchilar Uyushmasi aʼzosi, shoir Abdugʻaffor Shodmonqulovning nabiralaridan biri.

Sovrindorni va uning yaqinlarini mazkur muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz!

PS: Shu o’rinda mazkur tanlovning Respublika bosqichida 15-19 yosh toifasida munosib ishtirok etgan Jasurbekning opasi Nozima Abdug’afforovaning muvaffaqiyatini ham alohida e’tirof etib o’tish lozim. Bir oiladan 2 nafar bilimdon farzandning Respublika bosqichiga chiqishining o’zi katta natija!

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

"OLIMA AYOL-ILMLI MILLAT ASOSCHISI"
17 февраль 2023, Пятница
"OLIMA AYOL-ILMLI MILLAT ASOSCHISI"
TEZKOR PROFILAKTIK TADBIR
11 февраль 2023, Суббота
TEZKOR PROFILAKTIK TADBIR
GO’ZAL HULQ – ENG MUNOSIB SEP
08 февраль 2023, Среда
GO’ZAL HULQ – ENG MUNOSIB SEP
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar