Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » Prezident tashabbusi amalda: yurtimiz yildan-yilga obod bo‘lmoqda

Prezident tashabbusi amalda: yurtimiz yildan-yilga obod bo‘lmoqda

28 март 2023 йил
198
0

Jizzax viloyatida 2023 yilning bahor mavsumida jami 9 million 900 ming tup manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlarini ekish yuzasidan manzilli dastur ishlab chiqilgan.

Davlatimiz rahbarining o‘tgan 2022 yil 2 fevraldagi videoselektor yig‘ilishida viloyat, tuman, shahar hokimliklariga o‘z hududida yangi ekologiya madaniyatini joriy etish choralarini ko‘rish, mahallalarning tozaligi va obodligini ta’minlash, gulzorlar va yashil hududlarni ko‘paytirish bo‘yicha yangi tizim yaratish hamda Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 11 martdagi yig‘ilish bayonnomasida “Yashil makon” umummilliy loyihasini tashkil etish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish vazifalari belgilab berilgan edi.  

Ushbu vazifalarni hayotga tatbiq etish maqsadida o‘tgan 2022 yilning bahor mavsumida viloyat hududida ekilgan, jami 9 million 970 ming tup manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlari tuman va shahar shtablari tomonidan “Yashil makon” elektron platformasiga kiritilgan. Tabiat resurslari vazirligi Jizzax viloyati boshqarmasining barcha tuman va shahar bo‘limlari davlat inspektorlari tomonidan ekilgan har tup ko‘chatlar o‘rganib chiqilib, platformada tasdiqlandi. Ana shu ekilgan ko‘chatlarni umummilliy loyiha talablaridan kelib chiqib, har bir daraxt ko‘chatini ekishda sug‘orish tizimiga alohida e’tibor qaratildi.  

Viloyat hududida ekilgan ko‘chatlardan 9 million 700 tupdan ortig‘i yoki 97,5 foizining sug‘orish tizimi mavjud bo‘lsa, qolgan 276 ming tupi yoki 2,5 foizi maxsus sug‘orish texnikalari yordamida sug‘orilmoqda.  

Viloyat hududida jami 10 ta sug‘orish quduqlari qazilib, 16 kilometr masofada yangi sug‘orish tizimi barpo etildi. Sug‘orish tizimlarini joriy etish uchun jami 1 milliard 635 million 234 ming so‘m mablag‘ sarflandi.  

Shuningdek, tomchilatib sug‘orish tizimlariga ham alohida e’tibor qaratilib, jumladan, Zomin tumanining tog‘li hududiga ekilgan 90 mingdan ortiq archa ko‘chati, Jizzax shahrida “Maqsuda-Nazokat” mas’uliyati cheklangan jamiyat a’zolari tomonidan ekilgan 25 ming tupdan ortiq manzarali va mevali daraxt ko‘chatlarini tomchilatib sug‘orish tizimi joriy qilindi.  

— 2022 yil bahor mavsumida ekilgan 9 million 970 ming tup manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlarini sug‘orish, parvarish qilish va har xil zararkunandalar hamda hasharotlarga qarshi kurashish ishlarini amalga oshirish uchun jami 1 ming 84 ta korxona va tashkilotga 9 million 817 ming 200 tup daraxt, ya’ni 98,5 foizi dalolatnoma asosida topshirilgandi, – deydi Tabiat resurslari vazirligi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i Erkin Xolmatov. – Ekilgan ana shu ko‘chatlarni parvarish qilish uchun jami 13 ta maxsus texnika xarid qilinib, shundan 5 tasi maxsus sug‘orish texnikalarini tashkil qildi.  

Viloyatimiz hududida “Yashil bog‘lar” ni barpo qilish bo‘yicha o‘tgan yilning bahor mavsumida tuman va shaharlarimiz hududida 27,4 gektar maydonda “Yashil bog‘lar” va 41,7 gektar maydonda “Yashil jamoat parklari” barpo etildi.  

Shuningdek, o‘zlashtirilmagan yerlarda yashil hududlar barpo qilish yuzasidan Forish tumani hududida respublika “Avtosanoat” korxonasi tomonidan joriy yil bahor mavsumida 105 gektar yer maydonida 80 mingdan ortiq manzarali, mevali daraxt ko‘chatlari ekilib, yashil maydon barpo qilingan.    

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida o‘tgan 2022 yilning kuz mavsumida viloyat hududida 5 million 939 ming tup manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlari ekilishi tashkil etildi. Ushbu ekilgan ko‘chatlar tuman va shahar shtablari tomonidan “Yashil makon” elektron platformasiga kiritilgan bo‘lib, Tabiat resurslari vazirligi Jizzax viloyati boshqarmasining barcha tuman va shahar bo‘limlari davlat inspektorlari tomonidan 5 million 982 ming tup ko‘chat o‘rganib chiqilib, platformada tasdiqlangani tahsinga loyiq.  

Shu bilan birga ko‘chat ekish ishlarini samarali tashkil etish, agrotexnik qoidalarga qat’iy rioya etish, parvarishlash va sug‘orish ishlarini tizimli amalga oshirish bo‘yicha mavsum boshidan buyon nuroniylar va tuman faollari tajribali agronom va bog‘bonlar ishtirokida viloyat bo‘yicha, mavsum boshidan jami 85 ta ilmiy-amaliy seminar o‘tkazilib, ushbu seminarlarda 10 ming 220 kishi qamrab olindi.  

Mevali, manzarali daraxt va gul ko‘chatlarni yetkazib berish va narx-navo barqarorligini ta’minlash maqsadida Paxtakor tumanida 1 ta, Arnasoy va Sharof Rashidov tumanlarida 2 tadan, Zomin tumanida 3 ta, Baxmal tumanida 7 ta hamda Jizzax shahrida 10 ta, jami 25 ta ko‘chat yarmarkalari va savdo nuqtalari tashkil etilgan.  

— 2023 yilning bahor mavsumida viloyatning barcha hududlarida jami 9 million 900 ming tup manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlarini ekish bo‘yicha manzilli dastur ishlab chiqdik, – deydi Erkin Xolmatov. – Hozirgi kunda bahorgi mavsumda ko‘chat ekish ishlari uchun joylar tanlab olindi va ko‘chat zaxiralari to‘liq yaratildi.  

Joriy yilning bahor mavsumida viloyatimizning shahar va tumanlarida jami 9 million 843 ming tup manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlari hamda qalamchalarini ekish rejalashtirilgan. Tuman va shahar shtablardagi mutaxasislarimizning 2023 yilning 23 mart holatiga berilgan ma’lumotlariga ko‘ra, 5 million 441 ming tup ko‘chat ekilgan va ularning 4 million 490 ming tupi o‘rganib chiqilgan, “Yashil makon” elektron platformasida tasdiqlangan. Qolgan 951 ming tup ko‘chat ekilganlik holati o‘rganilib, “Yashil makon” elektron platformasiga kiritish ishlari davom ettirilmoqda.  

Shuningdek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar ko‘p soha vakillarini bir maqsad sari birlashtirmoqda. Zomin milliy tabiat bog‘i xodimlari tashabbusi bilan boshlangan daraxt ko‘chatlarini ekish ishlarida Tabiat resurslari vazirligi Jizzax viloyati boshqarmasi, Zomin tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Jizzax viloyati kengashi vakillari hamkorligida Milliy tabiat bog‘i hududini yanada ko‘kalamzorlashtirish maqsadida ushbu hududga 250 tup mojevilnik va archa daraxti ko‘chatlari ekildi.  

Bundan tashqari, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Jizzax viloyati “Avtomobil yo‘llari” hududiy bosh boshqarmasi “Yo‘lko‘kalam” unitar korxonasi tomonidan 136 ming tup manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekish rejalashtirilgan. Joriy yilning bahor mavsumida viloyat hududiga tashkilotlar tomonidan 131 ming 700 tup ko‘chat ekilib, reja 96 foizga yetkazildi.  

Shu kunlarda “Yo‘lko‘kalam” UK ishchi-xodimlari tomonidan Zafarbod tumani 4R yo‘lining turli masofasidagi hududlariga manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazilmoqda. Viloyatda yoshlarning ekologik madaniyatini oshirish, ko‘chat ekish ko‘nikmalarini o‘zlashtirish uchun  “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida joylarda “Yashil haftalik” aksiyalari tashkil etilmoqda. Jizzax shahrining “Bog‘ishamol” MFY hududida yashil bog‘ barpo etgan Jizzax davlat pedagogika universiteti pofessor-o‘qituvchilari va talabalari bahorgi mavsumda manzarali va mevali daraxt ko‘chatlarini ekish bo‘yicha “Yashil haftalik” aksiyasini o‘tkazib, minglab bodom, qarag‘ay, qayrag‘och, o‘rik, olma, jiyda singari mevali va manzarali daraxt hamda buta ko‘chatlari ekildi. Zomin tumani yoshlari ham tuman hududida yoshlar bog‘i tashkil etib, aksiya doirasida 500 tup mojevilnik ko‘chatlarini o‘tqazdi.  

— Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlash hamda muborak Ramazon oyini belgilab berilgan chora-tadbirlar asosida o‘tkazish, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida mamlakatimizda “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi, – deydi boshqarma boshlig‘i. – Tabiat resurslari vazirligi tizimidagi tashkilotlar ushbu hasharni “Mahallamga 10 tup daraxt – mening tuhfam” shiori ostida o‘tkazdilar. Sababi, shanbalikda asosiy e’tibor daraxt ekish va hududlarni tozalash ishlariga qaratildi. Umumxalq xayriya hashari boshqarmamiz va uning shahar, tumanlardagi hududiy inspeksiyalari tomonidan uyushqoqlik bilan o‘tkazilganini alohida ta’kidlab o‘tgan bo‘lardim.  

Shuningdek, Jizzax shahrining Amir Temur mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan sug‘oriladigan yerga shahar obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan 200 tup pavloniya daraxt ko‘chatlari ekildi. Ekish ishlarida viloyatdagi korxona va tashkilotlar, mahalla fuqarolar yig‘inlari, obodonlashtirish boshqarmalarining tuman bo‘limlari, yoshlar, ekofaollar va aholi vakillari uyushqoqlik bilan ishtirok etdi. Hasharda manzarali va mevali daraxt hamda gul ko‘chatlari ekish, aholi turar joylari, ariq va zovurlar, yo‘l chetlari va muhofaza etiladigan hududlarni chiqindilardan tozalash ishlari olib borildi. Hashar davomida asosiy e’tibor mahalla hududlarida yashil makonlarni bunyod etish, aholi va yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyat  va ko‘nikmalarni hosil qilishga qaratildi.  

Bulardan tashqari, hashar davomida Zomin tumanining “Peshog‘ar” MFYdagi suvli yerlarga ming tup, Zarbdor tumani “Ravot” MFY hududiga 500 tup, Paxtakor, Do‘stlik, Arnasoy, Forish tumanlari hududlariga 3 ming 500 tupdan ortiq daraxt ko‘chatlari, Jizzax shahrining Amir Temur MFY hududiga 2 ming tup pavloniya daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi. Ko‘chat ekish ishlarida ko‘pni ko‘rgan, hayot tajribasiga ega bo‘lgan oqsoqol, ekofaollar va yoshlar birdamlikda mehnat qilganlari esa tahsinga loyiq. Jizzaxliklarning asl maqsadi – hududni “Yashil bog‘lar”ga aylantirish.  

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar