Zominda energiya resurslaridan qarzdorligi uchun 236 nafar jismoniy va yuridik shaxslardan 2 mlrd. 864 mln. so‘m undirildi
Energiya resurslaridan foydalanib, pulini to‘lashga kelganda «harajatlar ro‘yxati»ning oxirgi qatoriga qo‘yadigan shaxslar xam uchrab turadi.
Bugungi kunda Byuroning Zomin tuman bo‘limi tomonidan energiya resurslaridan qarz undiruvlar bilan bog‘liq ijro ishlari alohida nazoratga olingan bo‘lib, jismoniy va yuridik shaxslarga yuzaga kelgan qarzdorliklarini doimiy ravishda to‘lab borish, aks xolda qonunchilikda nazarda tutilgan ta’sir choralari ko‘rilishi mumkinligi yuzasidan muntazam ravishda tushuntirish ishlari olib boriladi.
Byuroning Zomin tuman bo‘limi tomonidan yuridik va jismoniy shaxslardan ijro xujjatlariga asosan joriy yilning 8 fevral kunidan Energiya resurslaridan qarzdorligi uchun 236 nafar jismoniy va yuridik shaxslardan 2 mlrd. 864 mln. so‘m amalda undirilgan bo‘lsa, 5 ta 130 mln. so‘mlik mulk xatlanib, 2 ta 55 mln so‘mlik mulklar savdoga chiqarilgan.
Tabiiy boyliklarimizning qadriga yetib, undan foydalangandan so‘ng to‘lovlarini ham o‘z vaqtida to‘lab borilganda, shu kabi ortiqcha xarajatlar va harakatlar amalga oshirilmasdi.