XATLAB OLINGAN TRANSFORMATORLAR ONLAYN SAVDOGA QO’YILMOQDA
Ma’lumki, bu yil qish ancha sovuq bo‘lganligi energetika tizimidagi muammolarni yaqqol ko‘rsatib qo‘ydi. Xususan, elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berishda ayrim eskirgan vositalarni iste’mol talabi darajasida emasligini ko‘rsatdi. Energetika tizimlarini transformatsiya qilish o‘z navbatida mablag‘ga borib taqaladi.
Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanib, pulini to‘lashga kelganda bo‘yin tovlab yurgan yuridik va jismoniy shaxslar ham topiladi.
Bugungi kunda Byuroning Zomin tuman bo‘limi tomonidan Elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molchilaridan qarz undiruvlar bilan bog‘liq ijro ishlari alohida nazoratga olingan bo‘lib, jismoniy va yuridik shaxslarga yuzaga kelgan qarzdorliklarini doimiy ravishda to‘lab borish, aks xolda qonunchilikda nazarda tutilgan ta’sir choralari ko‘rilishi mumkinligi yuzasidan muntazam ravishda tushuntirish ishlari olib boriladi.
Byuroning Zomin tuman bo‘limi tomonidan yuridik va jismoniy shaxslardan ijro xujjatlariga asosan joriy yilning 8 fevral kunidan elektr energiyasidan qarzdorligi uchun 1.4 mlrd so‘m amalda undirilgan bo‘lsa, 10 ta 335 mln. so‘mlik mulk va 8 ta elektr ta’minoti transformatorlari xatlanib, 5 ta 8 mlrd. 157 mln. so‘mlik mulklar elektron onlayn savdolariga chiqarilgan.
Shuningdek, tabiiy gazdan qarzdorligi uchun 22.3 mln so‘m amalda undirilgan. Jumladan, Byuroning Zomin tumani bo‘limi ish yurituvidagi ijro hujjatiga asosan qarzdor “Suxrob-Ruxshona” MChJ hisobida elektr energiyasidan 30.6 mln. so‘m qarzdorlik mavjud bo‘lsada, qarzdorlik o‘z vaqtida qoplanmaganligi sababli jamiyatga tegishli bo‘lgan qiymati 31.89 mln so‘mlik, 400 KVt quvvatli elektr energiyasi ta’minoti uchun mo‘ljallangan transformator tarmoqdan uzildi va xatlab olindi.