MAʼRIFAT TARGʻIBOTCHILARI GURUHI ZOMINDA
Bugun tumandagi Yoshlar markazi katta faollar zalida "Yangi Oʻzbekiston - yangi Konstitutsiya" mavzusida targʻibot tadbiri tashkil etildi.
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yozuvchilar Uyushmasi va qator hamkor tashkilotlar tomonidan tashkillashtirilgan tadbirda Siyosiy fanlar doktori, professor Narzulla Joʻrayev, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, el suygan sanʼatkor Gulbahor Erqulova, "Nihol" Davlat mukofoti sovrindori Adolat Ismoilova, Falsafa fanlari doktori, professor, shoira Sayyora Toʻychiyeva, maʼrifat guruhi rahbari Baxtiyor Husanovlar soʻzga chiqib, Yangilanayotgan Konstitutsiyaga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar hususida alohida toʻxtalib oʻtdilar.
Tadbirda tumandagi maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli umumtaʼlim maktablari maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari, ijodiy madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchilar, maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlari, uslubchilar va soha faollari, boʻlim mutasaddilari ishtirok etdi.