Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » Umumjahon pul haftaligi: yoshlarning moliyaviy savodxonligi oshirilmoqda

Umumjahon pul haftaligi: yoshlarning moliyaviy savodxonligi oshirilmoqda

26 апрель 2023 йил
185
0

 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tashabbusi bilan “Moliyaviy savodxonlik oyligi” o‘quv dasturi doirasida “Umumjahon pul haftaligi” (Global money week) o‘tkazilib borilmoqda. Ushbu haftalik doirasida “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankiga biriktirilgan Jizzax viloyatining Zomin tumanidagi umumta’lim maktablarida moliyaviy savodxonlik borasida ochiq darslar o‘tkazildi. 

  Qolaversa, ushbu tumandadagi 5 ta umumta’lim maktabi pedagog o‘qituvchilari o‘rtasida tanlov e’lon qilingan edi. Ta’kidlash joizki, ushbu tanlov o‘quvchilarning moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, ular pul-kredit, moliya sohasidagi bilimlarini yanada boyitish, pulni samarali ishlatish, kredit mahsulotlarini rasmiylashtirish to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lishdi. 

 “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankida tuzilgan komissiya tomonidan maktab o‘qituvchilari taqdim etgan materiallar ko‘rib chiqilib, tanlov g‘oliblari aniqlandi. Bugun Kasblar markazi binosida g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki mutasaddilari, xalq ta’limi bo`limi mas’ullari, o‘qituvchilar hamda o`quvchilar ishtirok etdi. 

 Tadbirda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki mutaxassisi A.Yakubov qatnashib, bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, shu jumladan, ta’lim dargohlarida berilayotgan e’tibor, bank tizimidagi o‘zgarishlar va ushbu moliya muassasalarida aholi uchun yaratilayotgan qulayliklar, xotin-qizlarning jamiyatdagi roli haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, ushbu tanlovning o‘quvchilar moliyaviy savodxonligini oshirishdagi o‘rni va ahamiyatiga urg‘u berdi. 

Tanlovda quyidagi o‘qituvchilar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:

   

1-o‘rin – Soatmurodova Lobar (Zomin tumani 51-sonli umumta’lim maktabi)

2-o‘rin – Bahodir Normatov (Zomin tumani 49-sonli umumta’lim maktabi)

3-o‘rin – Otabek Esonbekov (Zomin tumani 49-sonli umumta’lim maktabi)

G‘oliblikni qo‘lga kiritganlarga Noutbuk (1-o‘rin), mobil telefonlar (2-3-o‘rin) hamda tanlovning barcha ishtirokchilariga Bankning esdalik sovg‘alari topshirildi.

  

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar