Zominda sayyor sud o'tkazildi
O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 apreldagi “Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan ma’muriy nazorat to‘g‘risida”gi qonuni talablari asosida profilaktika inspektorlari ma’muriy nazoratni ta’minlash bo‘yicha asosiy vazifalarni amalga oshiradi.
Profilaktika inspektorlari jinoyatlarning oldini olish maqsadida o‘z ma’muriy xududida barcha fuqarolar bilan ayniqsa ilgari sudlangan shaxslar shu jumladan, ma’muriy nazoratda turuvchi ilgari sudlangan shaxslar bilan tarbiyaviy profilaktik ishlarni tashkil etuvchi asosiy sub’ektlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Ular nafaqat ma’muriy nazorat o‘rnatilgan shaxslarga nisbatan nazorat-tekshiruv va tarbiyaviy mazmundagi profilaktik tadbirlarni amalga oshiradilar, balki ma’muriy hududdagi barcha fuqarolarga umummajburiy qoidalarga rioya qilishlarini nazorat qiladilar.
Mazkur qonun talablari asosida 2023 yil 29 maay kungi Zomin tumani Mustaqillik MFYda o‘tkazilgan sayyor sudda Zomin tuman IIB boshlig‘ining taqdimnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 1-qismi va 97-moddasi 2-qismi bilan sudlangan muqaddam sudlanganlar U.T va A.Ularga nisbatan jinoyat ishlari bo‘yicha Zomin tuman sudi tomonidan bir yil muddatga ma’muriy nazorat o‘rnatildi.