Zomin tumanida “Tashabbusli budjet” loyihasini budjet jarayonlarini takomillashtirish yuzasidan tuman hokimligi binosida ochiq muloqot bo'lib o'tdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 apreldagi “Tashabbusli budjetlashtirish amaliyotini yanada takomillashtirish hamda faol mahallalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-117-sonli qarori bilan tasdiqlangan tashabbusli budjetlashtirish jarayonini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasiga muvofiq joriy yilning 15-iyuniga qadar hududlarda fuqarolar va jamoat tashkilotlaridan tashabbusli budjet jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar yig‘ish ko‘rsatib o‘tilgan edi. Shunga asosan tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamda tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi hodimlari tomonidan tashkil etilgan ochiq muhokamada mahalla raislari, hokim yordamchilari va faol fuqarolar tomonidan bildirilgan tashabbusli budjet jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar muxokama etildi.