Hurmatli fermer xo‘jaligi rahbar xamda xisobchilari!
Davlat statistika organlari tomonidan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari uchun barcha turdagi davlat statistika xisobotlarini internet tizimi orqali elektron shaklda taqdim etish imkoniyati yaratilgan.
Tumanda faoliyat ko‘rsatayotgan fermer xo‘jaliklari 2023 yildan boshlab xar chorak uchun 4-fx shakli (choraklik) «Fermer xo‘jaliklari faoliyati to‘g‘risida»gi davlat statistika xisobotini Davlat statistika ishlari dasturiga muvofiq taqdim etishi lozim.
4-fx shakli (choraklik) statistika xisobotini xar chorakda xisobot davridan keyingi oyning 5-sanasidan kechiktirmay taqdim etish zarur.
Shu bilan birga, Sizdan xisobotda fermer xo‘jaligi faoliyatining natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘g‘ri va xaqqoniy aks ettirishingizni so‘raymiz.
O‘z o‘rnida, mansabdor shaxslarning davlat statistika xisobotlarini taqdim etish tartibini buzishi, xisobot ma’lumotlarini buzib ko‘rsatishi yoki xisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzishi O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 215-moddasida belgilangan javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘lishini eslatib o‘tamiz.
Siz ushbu xisobot shaklini Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy www.stat.uz saytidan xamda hisobot.stat.uz xavolasi orqali olishingiz mumkin. Shu bilan birga xisobotni to‘ldirish va elektron shaklda jo‘natish yuzasidan (91) 569 55 86 telefon raqami orqali tushinchalar olishingiz mumkin.
Tuman statistika bo‘limi.