ISH O‘RNI YARATISH-SAVOBLI ISH
2023 yilning 6 oy mobaynida Zomin tumanidagi Oq tepa MFYda 53 nafar fuqaroga imtiyozli kredit ajratilib bandiligi ta’minlanishi bu borada xayrli ishlar davom ettirilayotganligidan dalolat beradi.
Jumladan avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shaxobchasini tashkil etishga bel bog‘lagan yosh tadbirkor Muxammadyusuf Turdinazarov bilan suxbatlashdik.
Avtomobillarga xizmat ko‘rsatish soxasiga azaldan qiziqaman - deydi yosh tadbirkor M.Turdinazarov. Dastlab Avtomobillarni yuvish shaxobchasi tashkil etgan edim. Endilikda 33 million imtiyozli kredit olib mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish shaxobchasini tashkil etmoqdamiz. Shaxobcha qurilishidagi xarajatning 50-60 foizi oilaviy jamg‘armamiz xisobidan bo‘ladi. Xudo xohlasa ukamdan tashqari yana to‘rt kishiga ish o‘rni yaratishni niyat qilganmiz.
Oq tepa MFYdagi hokim yordamchisi Erkin Axmedovning ta’kidlashicha ishsiz yoshlarga mexnat sharoiti yaratish rejasi uzluksiz ta’minlanadi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati O‘razalieva Muqaddas O‘ktamovna yosh tadbirkorlarning ishlari bilan batafsil tanishib tadbirkorlik borasida o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi.