Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » Amalda ham shundaymi?

Amalda ham shundaymi?

14 июнь 2023 йил
187
0

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi bergan ma’lumotlarga ko‘ra tumanda 2023 yil yanvar - may oylari mobaynida 6383 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 6408 ta ish o‘rni yaratilganligi e’tirofga loyiq.
 
Amalda ham shundaymi? Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati O‘razalieva Muqaddas O‘ktamovna mahalliy Kengash kotibiyati mudiri M.G’oyibnazarov hamkorlikda joylarda bo‘lib mazkur savolga javob topdilar.

Shuni aloxida ta’kidlash kerakki ish o‘rinlari tashkil etishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning salmog’i xamisha yuqori bo‘ladi. 

Tumanda bu borada 3020 ta ish o‘rni yaratilganligi bundan dalolat berib turibdi.Misol uchun Xalqobod MFYda joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 80dan oshiq kichik biznes va xususiy tadbirkorlik egalari imtiyozli kredit olib faoliyatlarini boshladilar.

Xotin- qizlar uchun eng qulay kasb tikuvchilik xisoblanadi. Xalqobod MFYda tashkil etilgan "Tadbirkorlik va salomatlik" markazida o‘ndan oshiq xotin- qizlar tikuvchilik kasb sirlarini o‘rganmoqdalar.

Markaz rahbari Marg’uba Islomovaning ta’kidlashicha ko‘plab ayollar ish o‘ganib oila sharoitida faoliyatlarini davom ettirishmoqda. 

Xulosa qilib aytganda markaz faoliyatini yanada kengaytirish rejasi mahalladagi hokim yordamchisi Eshpo‘lat Pardaev bilan xamkorlikda amalga oshriladi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar