UCH AVLOD UCHRASHUVI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 martdagi “Keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar”PQ-92-son qarorining 3-ilova 9-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida 2023 yil 16 iyun kuni Zomin tumani Obi-hayot qishloq fuqarolar yig‘inida "Uch avlod uchrashuvi" o‘tkazildi.
Uchrashuvda tuman hokimining maslahatchisi, «Nuroniy» jamg‘armasi Zomin tumani bo‘limi raisi U.Oqqulov, Xalq deputatlari Zomin tuman kengashi kotibiyat mudiri M.G‘oibnazarov, «Nuroniy» jamg‘armasi Zomin tumani bo‘limi mutaxassisi S.Alimovalar ishtirok etdilar.
Shuningdek tadbirda keksa avlod vakillaridan Shuxrat medali,1-darajali Mehnat faxriysi ko'krak nishoni sohibi Mirzaulug‘ Haydarov, mehnat faxriylari Hojaroy Eshqo‘zieva, Dilorom G‘offorova, o‘rta avlod vakillaridan tuman kengashi deputati, 9-maktab direktori M.Nazarova, yosh avlod vakillaridan 9-maktab o‘qituvchisi Adham Qo‘ziboevlar so‘zga chiqib xalqimiz jumladan nuroniylar va yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar uchun muxtaram yurtboshimizga, davlatimizga o‘z minnatdorchiliklarini bildirib, nuroniylar barcha jabhalarda jumladan yoshlar tarbiyasida o‘z bilim tajribalaridan kelib chiqib mahalla hayotida har doim faol bo‘lishlarini, mahalla raisiga qanot bo‘lishlari to‘g‘risidagi fikrlarini bildirdilar.
Tadbir davomida 9-maktab yosh havaskor o‘quvchilari va Obi-hayot qishloq fuqarolar yig‘ini qoshidagi folklor jamoa tomonidan musiqaviy chiqishlar va tadbirkor xotin-qizlar tomonidan milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi kurgazmalar namoyish etildi.