Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » Aliment farzand oldidagi majburiyatdir

Aliment farzand oldidagi majburiyatdir

12 сентябрь 2023 йил
177
0

 

Bu hayotda farzand tarbiyasi, uning ta’minoti har bir ota-ona zimmasidagi o‘ta sharafli va ayni paytda mas’uliyatli vazifa sanaladi. Biroq hayotda ana shunday mas’uliyatli vazifani o‘z ixtiyori bilan bajarishdan bosh tortadigan ota-onalar ham uchrab turadi. Albatta, bunday vaziyatda qonun ustuvorligini ta’minlash va ta’sirchanligini oshirish maqsadida ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralari ko‘riladi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarbdor tumanlararo sudining qaroriga asosan qarzdor M.R.dan undiruvchi Z.D. foydasiga voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minoti uchun har oylik ish haqi va daromadidan aliment undirish belgilangan bo‘lib, ijro harakatlari davomida bir necha marotaba ogoxlantirilishiga qaramasdan bo‘yin tovlab kelgan.

Mazkur holat yuzasidan Majburiy ijro byurosi Zomin tuman bo‘limi tomonidan MJtKning 474-moddasi bilan qarzdorga nisbatan ma’muriy chora ko‘rish yuzasidan Jinoyat ishlari bo‘yicha Zomin tuman sudiga ijro hujjatlardan to‘plangan ma’lumotlar yuborildi. Natijada qarzdor alimentdan bo‘lgan qarzi sabab 15 sutka ma’muriy qamoq jazosiga tortildi.

Aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lab borilganida, ma’muriy chora ko‘rilmagan bo‘lar edi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar