Fuqaroga kompensatsiya pullari to‘lab berildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarbdor tumanlararo sudning 2023 yil 14 iyuldagi qaroriga asosan O.Umirzoqovning foydasiga qarzdor Zomin tuman hokimligidan buzilishga tushgan binosining qurilishiga ketgan sarf-xarajatlar uchun 51.4 mln. so‘m kompensatsiya undirish belgilangan.
Mazkur ijro hujjati Byuroning Zomin tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi yuritilgan.
O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga ko‘ra qarzdorlarga ijro hujjatining ijrosini ixtiyoriy ravishda ta’minlash uchun muddat berilgan.
Ijro harakatlari davomida Fuqaro O.Umirzoqovga hokimlikdan 51.4 mln so‘m kompensatsiya pullari to‘liq undirib berildi, ijro hujjati amaldagi Qonunning 41-moddasi 1-qismiga asosan tamomlandi.