TADBIRKOR - ELGA MADADKOR
Zomin tumani1-sektor hududidagi Zomin tumani Davlat xizmatlari markazi binosida tadbirkor "QUVONDIQ MEBELLARI" MCHJ rahbari Quvondiq Qobilov bilan aholini uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Zomin tuman hokimligi tashkiliy kadrlar guruhi rahbari Sh.To’rayev, Xalq qabulxonasi rahbari R.Abdug’aniyev , Zomin tumani Adliya bo’limi rahbari V.Omonov, "SHARQ TONGI" gazetasi ijodkorlari, mahalla hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar, tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan ko‘p sonli yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbirda dastlab, tuman hokimining tashkiliy kadrlar guruhi rahbari Sh.To’rayev so‘zga chiqib, tumanda tadbirkorlikni rivojlantirish, shu hisobdan aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi.
Shundan so‘ng uchrashuvda tadbirkor "QUVONDIQ MEBELLARI" MCHJ rahbari Quvondiq Qobilov so‘zga chiqib, o‘z tadbirkorlik faoliyati, yangi biznes loyihalari haqida batafsil so‘zlab berdi hamda yoshlarni ko‘proq tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga da’vat etdi.