Yangi tizim: Jizzaxda aholini tadbirkorlikka keng jalb etish va qo‘shimcha imkoniyatlarni aniqlash asosida soliq tushumlarini ko‘paytirish maqsadida soliq tizimida ishlayotgan 61, 3 foiz xodim 308 ta mahallaga biriktirildi
Bugun viloyat soliq boshqarmasida “Mahalla byudjeti” tizimi faoliyati yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, boshqarma xodimlari hamda viloyatda faoliyat yurituvchi jurnalist va blogerlar ishtirok etdi.
Ushbu uchrashuvda soliq tizimini mahalla darajasiga tushurish, hududlardagi tadbirkorlarning soliq bilan bog‘liq muammolarini o‘rganish va joyida hal qilish bo‘yicha yaratilgan yangi tizim aholining daromad topishiga xizmat qiluvchi loyihalarni shakllantirish va amalga oshirish lozimligi borasida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, mahallalarda aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga kambag‘allikni qisqartirishga e’tibor qaratililayotganligi ta’kidlandi.
Joriy yildan boshlab mamlakatimizda “Mahalla byudjeti” tizimi huquqiy eksperiment tariqasida joriy etildi.
Bu tizimini joriy etish orqali mahallalarning moliyaviy imkoniyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hujjatga muvofiq har bitta hududdan 1 tadan tuman(shahar) tanlab olingan edi. Shu jumlada, ushbu hujjatga muvofiq viloyatimizning Zomin tumanida huquqiy eksperiment o‘tkazilmoqda.
Zomin tumanida o‘rganilgan loyihalarimiz va tadbirkorlik sub’ektlarining mavjud muammolarini hal etilishi o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda. Soliq bazasini kengaytish borasida katta imkoniyatlar borligini isbotladi. Zomin tumanidagi 39 ta mahallalarga 195 nafar xodimlaridan iborat ishchi guruhi tashkil etildi.
Uyma-uy yurib, jismoniy shaxslar bilan hamda mahallalarda faoliyat ko‘rsatayotgan yuridik shaxslar bilan uchrashib, o‘rganilganda ularning takliflari va muammolarini ijobiy hal qilish natijasida 1482 ta yangi loyihalar yaratish imkoniyati mavjudligi aniqlandi.
Mazkur loyihalarni ishga tushurish orqali birgina Zomin tumanining o‘zida 7303 nafar yangi ish o‘rinlari yaratish imkoniyati mavjud bo‘lib, shu orqali bir yilda o‘rtacha byudjetga 30 milliard so‘m soliq va boshqa to‘lovlar tushurish imkoniyati bermoqda.
Natijada, mahalliy byudjetga 16,5 milliard so‘m (55%) shundan tuman byudjetiga 8,3 milliard so‘m (50%) qo‘shimcha soliq tushurish manbasi aniqlandi.
Ushbu tajriba viloyatning boshqa hududlarida ham amalga oshirilib, barcha tuman (shaharlarida soliq tizimini mahallaga tushurish hisobiga qo‘shimcha zaxira yaratish bo‘yicha joriy yilning 1 sentyabrdan ishlar boshlab yuborildi.
Viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari J.Dostonovning so‘zlariga ko‘ra Zomin tumani tajribasi tartibida aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilib, soliq tizimida ishlayotgan 61, 3 foiz qismi viloyatda mavjud 308 ta mahallalarga biriktirildi. Matbuot anjumani yakunida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.