O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Xayrulla Jo‘rayev 19-noyabr kuni 78 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi xabar berdi.
O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi a’zosi, kinorejissor va muharrir Xayrulla Jo‘rayev 1945-yilda Jizzax viloyati Zomin tumanida tug‘ilgan. 1970-yilda ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan.
O‘zbekiston ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasida rejissor, muharrir, bosh muharrir (1976—87). “Videofilm” markazi direktori (1988— 89). Prezident devonida masʼul xodim (1990—92), O‘zbekiston Davlat kinokompaniyasi raisi (1992—93), O‘zbekiston prezidenti davlat maslahatchisi (1993-96), 1996-yilda Madaniyat ishlari vaziri lavozimlarida ishlagan.
“Ahmatovlar oilasi”, “Abdumannon Umarov”, “Abdulla Qodiriy”, “Hamid Olimjon” va boshqa Qisqa metrajli, “Fuqaro”, “Barcha fazilatlar senda mujassam”, “Afg‘oniston, 85-yil kuzi”, “Ikki million tanish chehra” (M.Qayumov bilan hamkorlikda) va boshqa to‘la metrajli filmlar yaratgan.
2000-yilda “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan.