Zomin tumani xalq qabulxonasiga mudir tayinlandi
Zomin tuman hokimligi majlislar zalida tashkil etilgan yig‘ilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Zomin tumanidagi xalq qabulxonasi mudirini tayinlash bo‘yicha o‘tkazildi.
Yig‘ilishda, Jizzax viloyat Xalq qabulxonasi mudiri Bayram Uzoqov, Zomin tuman hokimi 1-o’rinbosari Z.Omonqulov, tuman tashkilot va idoralari rahbarlari ishtirok etdi.
Dastlab, tuman hokimi 1-o’rinbosari Z.Omonqulov Jizzax viloyat Xalq qabulxonasi mudiri Bayram Uzoqovga so‘z navbatini berdi.
Bayram Uzoqov so‘zga chiqib, Zomin tumani xalq qabulxonasi faoliyatiga to‘xtalib o‘tdi.
Shundan so‘ng, 2023 yilning may oyidan buyon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tuman xalq qabulxonasi mudiri vazifasini bajaruvchisi Duyshaboy Toshmatov o‘rniga Rashid Abduganiev Zomin tumani xalq qabulxonasi mudiri lavozimiga tayinlandi.
Rashid Abduganiev 1976 yilda Zomin tumanida to‘g‘ilgan. 1993 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
Uzoq yillar davomida ijro organi sohasida faoliyat yuritib kelgan. 2021-2023 yillarda Jizzax viloyati prokurorining qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash muammolarini tahlil qilish bo‘yicha katta yordamchisi lavozimida ishlagan.