MIB va YHXB tomonidan qo‘shma reydlar o‘tkazilmoqda
Haydovchidan transport vositasini boshqarish vaqtida yo‘l belgilari va qoidalariga alohida e’tibor talab qilinadi. Lekin ko‘pchilik haydovchilar yo‘l qoidalarini buzib, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etadilar. Bu esa o‘z navbatida ma’muriy jarima qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi.
Ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha qo‘llanilgan jarimani ixtiyoriy to‘lash tizimi yanada soddalashtirilgan, huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 50 foizini, 30 kun ichida 70 foizini ixtiyoriy to‘lagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilish amaliyoti joriy qilingan.
Ayrim huquqbuzarlar jarimani imtiyozli muddat u yoqda tursin, ixtiyoriy muddatda ham to‘lashdan bo‘yin tovlaydi. Aksariyat YHXB organlari tomonidan qo‘llanilgan jarimalar 60 kun muddat o‘tgandan so‘ng majburiy undiruvga qaratiladi.
Xususan, Majburiy ijro byurosi Zomin tuman bo‘limi tomonidan joriy yilning Noyabr oyida YHXB organlari tomonidan qo‘llanilgan 203 ta 95,8 so‘mlik jarimalar undirilgan bo‘lsa, 18 ta avtotransport vositalari jarima maydonchalariga joylashtirildi.
Jarimalar o‘z vaqtida to‘lanib borilganda, ushbu avtomobillar xatlanmagan va bunday ortiqcha harakatlar qilinmagan bo‘lar edi.