Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » Ehtiyotsizlik oqibati – javobgarlikka sabab bo‘ladi

Ehtiyotsizlik oqibati – javobgarlikka sabab bo‘ladi

31 июль 2023 йил
208
0

Amalning jinoiyligini orqaga qaytarib belgilaydigan jinoyat qonuni. Jinoyat  qonunining orqaga tortish kuchi

2023 yil 30 aprel kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyamizning 41-moddasiga muvofiq har bir shaxs mulkdor bo‘lish huquqiga ega ekanligi belgilab qo‘yilgan. Bugungi kundagi islohotlar natijasida xalqimiz farovonligi yaxshilanib, ularning turmush darajasi yuqorilab bormoqda. Shu bilan birga transport vositalariga va ulardan foydalanib ko‘rsatiladigan xizmatlarga bo‘lgan talab, shuningdek harakat qatnashchilari soni ham kun sayin ortib bormoqda. Yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 12 apreldagi “Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
172-sonli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida yo‘l harakatining yagona tartibini belgilovchi “Yo‘l harakati qoidalari”ning yangi tahriri tasdiqlangan.

Mazkur qoidalarning 12-bandida haydovchilar uchun transport vositasini spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoxud kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ta’sirida yoki o‘zgacha tarzda mast holatda, sezgirlik va e’tiborni susaytiradigan dori-darmonlar ta’sirida, yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soladigan charchoqlik va betoblik holatida boshqarish, har qanday mastlik holatida, sezgirlik va e’tiborni susaytiradigan dori-darmonlar ta’sirida, yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soladigan charchoqlik va betoblik holatida bo‘lgan, shuningdek, tegishli toifadagi transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan, yo‘l varaqasida yoki transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisida ism-familiyasi ko‘rsatilmagan  shaxslarga transport vositasini boshqarish uchun topshirish, tormoz tizimi, rul boshqaruvi ishlamayotgan, ulagich moslamasi nosoz bo‘lgan, sutkaning qorong‘i vaqtida yoki ko‘rinish cheklangan vaziyatlarda yonmaydigan fara chiroqlari va orqa gabarit fara chiroqlari, yomg‘ir yoki qor yog‘ayotgan vaqtda oyna tozalagich ishlamaydigan transport vositasini boshqarish, tegishli ruxsatsiz transport vositalariga maxsus texnik jihozlar o‘rnatish, transport vositalarining tashkiliy jamlanmasi, shu jumladan piyodalar jamlanmalari harakatiga xalaqit berish va ular orasiga kirish, transport vositasini boshqarish paytida telefondan, transport vositasi salonining old qismiga o‘rnatilgan tele, videomonitordan tele, videodasturlarni tomosha qilish uchun foydalanish, aholi punktlarida transport vositalarining magnitofon va ovoz chiqaruvchi boshqa apparaturalarni hamda dvigatel shovqinini belgilangan me’yordan baland ovozda qilib foydalanish taqiqlangan. Bugungi kunda sodir bo‘layotgan yo‘l transport hodisalarining katta qismi haydovchilar, piyodalar tomonidan ushbu qoidalarga rioya qilinmasligi oqibatida kelib chiqmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasida transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Ushbu moddaga ko‘ra transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan, ushbu qilmish odam o‘limiga sabab bo‘lsa muayyan huquqdan mahrum qilib, yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan,ushbu qilmish odamlar o‘limiga,  halokatga, boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa muayyan huquqdan mahrum qilib, o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Transport vositalaridan foydalanishda belgilangan tezlikni oshirish, ushbu vositalarni mast holatda boshqarish, shuningdek boshqarish huquqiga ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan ushbu vositalarning boshqarilishi, umuman olganda Yo‘l harakati qoidalarining buzilishi insonlarning bevaqt hayotdan ko‘z yumishiga, ularning salomatligiga putur yetishiga, mol-mulkining shikastlanishiga va shu kabi boshqa faqat salbiy oqibatlarga sabab bo‘lishi mumkin.

Transport vositalaridan foydalanishda harakat xavfsizligini ta’minlash hamda yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilish har birimizning fuqarolik burchimiz. 

 

 

Sh.Shamshiev

Jinoyat ishlari bo‘yicha

Zomin tuman sudining raisi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar