Targ‘ibot tadbiri tashkil etildi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Zomin tuman sudi raisi Sh.Shamshiev tomonidan 2024 yil 9 yanvar kuni Zomin tuman ichki ishlar bo‘limi binosida “sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual, Iqtisodiy protsessual kodekslari, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks hamda Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodekslarga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilik e’tiboriga yetkazish maqsadida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Uchrashuvda sud raisi Sh.Shamshiev tomonidan so‘nggi yillarda sud qarorlarining sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish tartibini takomillashtirish, fuqarolarning ortiqcha ovoragarchiligi va sarsongarchiligini oldini olish, ularning qonun huquq va erkinliklarini to‘la ro‘yobga chiqarish, odil sudlov samaradorligi ta’minlash maqsadida davlatimiz rahbari boshchiligida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilgani, O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 25 dekabrdagi “Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-884-sonli, “Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-887-sonli, “Sud qarorlarining qonuniyligi va asosliligini tekshirish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-888-sonli hamda “Sud qarorlarining qonuniyligi va asosliligini tekshirish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-889-sonli Qonunlari bilan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual, Iqtisodiy protsessual kodekslari, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks hamda Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodekslariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning mazmun – mohiyatini yig‘ilganlar e’tiboriga yetkazdi.
Shuningdek tuman sudining raisi Sh.Shamshiev tomonidan ma’muriy huquqbuzarlikka oid materiallarni rasmiylashtirishda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, xususan ish bo‘yicha taraflarga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirmaslik, ularning harakatlarini malakalashda xatoliklarga yo‘l qo‘yilayotgani, shuning ishlarni elektron tartibda shakllantirishda ham qator kamchiliklar aniqlanayotganligi, jumladan ish varaqlarining to‘liq biriktirilmasligi, bir nechta tushuntirish xatlari bitta faylga biriktirish, boshqa turga mansub bo‘lgan hujjatlarni bir faylga biriktirib yuborish, xujjat nomiga nomuvofiq hujjatlarni biriktirish kabi holatlarga yo‘l qo‘yilayotganligi haqida o‘zining tanqidiy fikrlarini bildirib, ishlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish, hujjatlarni elektr dasturga to‘g‘ri biriktirish, tafoutlarga yo‘l qo‘ymaslik, ishlarni rasmiylashtirishda qonun talablariga rioya etish, fuqarolarning qonun huquq va erkinliklarining buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan o‘zining tavsiviy fiklarini bildirib o‘tdi.