Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » Vatan himoyachilari bayrami munosib nishonlandi

Vatan himoyachilari bayrami munosib nishonlandi

12 январь 2024 йил
187
0

8 yanvar - O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni, 14 yanvar – O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Zomin tumani markazidagi “Zominsoy” tantanalar majmuida bayram tadbiri bo’lib o’tdi.

 Tadbirni tuman hokimining birinchi o’rinbosari Zarifjon Omonqulov ochib, tuman hokimining bayram tabrigini o’qib eshittirdi. Tabrikda jumladan, bugungi kunga kelib ushbu qutlug’ sana mamlakatimizda vatanparvarlik, Ona yurtga sadoqat, mardlik va jasurlik kabi ezgu qadriyatlarni, xalqimizga, buyuk ajdodlarimizning munosib vorislariga xos bo’lgan yuksak fuqarolik fazilatlarini o’zida mujassam etadigan tom ma’nodagi umumxalq bayramiga aylanganligi ta’kidlab o’tildi.

 Hozirgi kunda dunyoda oldindan aytish qiyin bo’lgan vaziyat hukm surayotgan murakkab bir sharoitda mamlakatimiz xavfsizligi va hududiy yaxlitligini, jamiyatimizda tinchlik va totuvlikni ta’minlash naqadar muhim ahamiyatga ega ekani barchaga ayon. Bu borada, Muhtaram Prezidentimiz tomonidan yurtimiz mudofaa salohiyatini yanada mustahkamlash va Qurolli Kuchlarimizni rivojlantirishni ustuvor yo’nalishlardan biri sifatida alohida e’tibor bilan qaralishi bejiz emas. Bugungi kunga kelib, islohotlar natijasida tumanimiz hayotining boshqa tarmoqlari qatori harbiy qurilish sohasida ham ko’pgina eng dolzarb va muhim masalalar bo’yicha aniq chora-tadbir va harakatlar amalga oshirilmoqda. Tumanimizning o’zida ham harbiy xizmatchilarning oila a’zolari uchun qo’shimcha ravishda ko’plab yangi ish o’rinlari yaratildi.

   Xizmat o’tayotgan askar va zobitlarning oila a’zolari uchun turarjoylar qurilayapti. Mo’jaz shaharchalar bunyod etilayapti. Armiya faqat qurol va aslaha bilangina kuchli hisoblanmaydi, balki, ona Vatan uchun jonini ayamaydigan harbiylar – askar va ofitserlar, generallar bilan qudratlidir. Buyuk sarkarda Amir Temur bobomiz: “Askarlari botir el qudratli bo’lur”, deganlarida aynan ana shu haqiqatni nazarda tutgan.

   

Bu o’lmas va bebaho o’git hozirgi kunda ham har birimizning qalbimizga cheksiz g’urur baxsh etadi, muqaddas tuprog’imizga sadoqat tuyg’ularini kuchaytiradi. Mana shu qutlug’ ayyomda harbiy sohada o’zining mas’uliyatli va sharafli burchini munosib ado etayotgan mard o’g’lonlarimiz – chegarachi askar va ofitserlardan bir qatoriga tuman hokimining tashakkurnomasi va esdalik sovg’alari tantanali ravishda topshirildi. Bayram tadbiri kuy va qo’shiqlarga ulandi. Tuzatig’liq dasturxon atrofida dildan suhbat davom etdi.

   

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar