Uch avlod uchrashuvi
Joriy yilning 30 yanvar kuni Zomin tumani Navbahor mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan MMTBga qarashli 15-maktab faollar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11-martdagi “Keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida ”gi PQ-92-son qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Zomin tuman hokimligi, O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi Zomin tuman bo‘limi Favqulodda vaziyatlar tuman bo‘limlari tomonidan hamkorlikda “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy- ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda tumanning keksa avlod vakillaridan eng faol nuroniy va mehnat faxriylari, o‘rta avlod vakillari va Navbahor mahalla fuqarolar yig‘inining qalbi qaynoq yoshlari ishtirok etdilar.
Ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad yoshlarning dunyoqarashini tarbiyalaydi, takomillashtiradi, vatanparvarlik g‘oyalarini qadrlash, ajdodlar udumi, urf-odatlarini e’zozlashga o‘rgatadi.