Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » Zomin tumani 4 ta sektor rahbarlarining "Qo'shma ommaviy sayyor" qabuli bo'lib o'tdi

Zomin tumani 4 ta sektor rahbarlarining "Qo'shma ommaviy sayyor" qabuli bo'lib o'tdi

15 февраль 2024 йил
242
0

Zomin tumani 4 ta sektor rahbarlarining "Qo'shma ommaviy sayyor" qabuli tumanning 4-sektoriga qarashli Chorvador QFYda joylashgan 33-maktab binosida bo’lib o’tdi.

Sayyor qabulda 4 ta sektor rahbarlari, tumandagi Prezident xalq qabulxonasi mudiri, mahalla mas'ullari, tegishli korxona va tashkilot rahbarlari hamda tuman aholisi ishtirok etishdi.


      Muloqot avvalida tuman hokimi A.Abdug’aniyev mahallalarda aholi turmush darajasini oshirish, yo'l hamda ichimlik suvi tarmoqlarini yaxshilash, aholi bandligini ta'minlash, shu jumladan, xotin-qizlar uchun ish o‘rinlari tashkil qilish kabi rejalarga to'xtalib o'tdi.

  

Ochiq muloqot tarzida oʻtgan sayyor qabul davomida fuqarolarning ichki yo’llarni ta’mirlash va yo’l belgilarini o’rnatish, moddiy yordam va nafaqalar, yoshlarni qo’llab quvvatlash, sog’liqni saqlash, ichimlik suvi ta’minoti, aloqa xizmatini yaxshilash, maktabgacha va maktab ta’limi soxasi, ish bilan ta’minlash, kredit, soliq to’lovlari, jinoyatchilik, sud-huquq sohasi va elektr tarmoqlari kabi jami 47 murojaat va takliflar tinglandi.

        

Murojaatlarning 8 tasi joyida ijobiy hal etilgan bo’lsa, qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab etadigan murojaatlar tegishli tashkilot rahbarlariga topshirilib, ijrosi nazoratga olindi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar