Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » Navbatdagi sayyor qabul Qo’rg’on va Gʻafur Gʻulom mahalla fuqarolar yig'ini aholisi uchun o'tkazildi

Navbatdagi sayyor qabul Qo’rg’on va Gʻafur Gʻulom mahalla fuqarolar yig'ini aholisi uchun o'tkazildi

11 декабрь 2023 йил
189
0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5633-son Farmoni ijrosi yuzasidan Zomin tumani 1-sektor hududida muntazam ravishda ochiq muloqot va sayyor qabullar o‘tkazib kelinmoqda.

     Xususan, aholi muammolarini o‘rganish va hal etish maqsadida tuman hokimi A.Abdug’aniyev, Zomin tumani Xalq qabulxonasi mudiri R.Abduganiev boshchiligida navbatdagi sayyor qabul va yoshlar bilan uchrashuvi Zomin tumanining ixtisoslashtirilgan 1-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida Qo’rg’on va G’.G’ulom MFY aholisi uchun bo’lib o’tdi.

    Qabulda tuman hokimi o‘rinbosarlari, Qo’rg’on va G’.G’ulom mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, tegishli tashkilot va idora rahbarlari hamda mutasaddilar ishtirok etishdi.

Muloqot avvalida tuman hokimi mahallada aholi turmush darajasini yanada yaxshilash, aholi bandligini ta'minlash, shu jumladan, xotin-qizlar uchun ish o‘rinlari tashkil qilish kabi masalalarga to'xtalib o'tdi. Qabulda fuqarolar uy-joy, subsidiya olish, kredit, bandlik, davolanish, nafaqa, suv va boshqa turli masalalar yuzasidan o‘z muammolari bilan mutasaddilarga murojaat qilishdi. 

 Sayyor qabulda 12 nafar fuqarolardan turli xil mazmundagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilinib, shundan 3 nafar fuqarolarning murojaatlari joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, o‘rganish talab qiladigan qolgan murojaatlar nazoratga olindi.

  

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

ZOMIN TUMANI HOKIMLIGIDA QABUL BO‘LIB O‘TDI
12 май 2023, Пятница
ZOMIN TUMANI HOKIMLIGIDA QABUL BO‘LIB O‘TDI
ZOMIN TUMANI HOKIMLIGIDA QABUL BO‘LIB O‘TDI
07 апрель 2023, Пятница
ZOMIN TUMANI HOKIMLIGIDA QABUL BO‘LIB O‘TDI
ZOMIN TUMANI HOKIMLIGIDA QABUL BO‘LIB O‘TDI
24 март 2023, Пятница
ZOMIN TUMANI HOKIMLIGIDA QABUL BO‘LIB O‘TDI
ZOMIN TUMANI HOKIMLIGIDA QABUL BO‘LIB O‘TDI
24 февраль 2023, Пятница
ZOMIN TUMANI HOKIMLIGIDA QABUL BO‘LIB O‘TDI
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar