Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » Sudyalar sayyor uchrashuv oʻtkazmoqda

Sudyalar sayyor uchrashuv oʻtkazmoqda

16 февраль 2024 йил
146
0

 Joriy yilning 16 fevral kuni Zomin tuman hokimligi ma’muriy binosida tuman aholisi ishtirokida Zomin tumanlararo iqtisodiy sudi raisi Sh.Begmatov, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarbdor tumanlararo sudi raisi O.Egamberdiev hamda tumanlararo sudi sudyasi A.Po‘latovlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 9 yanvardagi 

     “Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda “Tadbirkorlik sud’ektlari tomonidan davlat organlariga hisobot va statistik ma’lumotlarni taqdim etish jarayonlarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorining mazmun-mohiyati
 to‘g‘risida davra suhbatlari tashkil etilib, mazkur farmon bilan litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun yuridik shaxslarga qo‘llanilgan jarima summasi miqdorining 50 foizi o‘n besh kun ichida, 70 foizi o‘ttiz kun ichida ixtiyoriy ravishda to‘langanda, huquqbuzar jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod etilishi, litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish jarayonida video aloqa vositalari yordamida talabgorlarning litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar talab va shartlariga muvofiqligini masofadan turib baholash tartibi joriy etilishi haqida ma’ruzalar bilan chiqishlar qildi.

 Shuningdek uchrashuv davomida tadbir ishtirokchilariga Jizzax viloyat sudi Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati va Jizzax viloyati oila va xotin-qizlar boshqarmasining “O‘zaro hamkorlik to‘g‘risida”gi memorandumining birinchi bo‘limiga tegishli yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusyaisi, Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, “Inson qadri va manfaatlari uchun” degan ezgu g‘oya asosida “Demokratiya va adolat tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan tub islohotlar O‘zbekiston uchun doimo ustuvor” mavzusida hamda “Odam savdosiga qarshi kurashish” va munosib mehnat masalalari to‘g‘risida aholining xabardorligini oshirishni ta’minlash yuzasidan tushuntirishlar berilib, endilikda mamlakatimizda sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolar va tadbirkorlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish choralarini kuchaytirish, odil sudlovni samarali ta’minlash buyicha izchil ishlar olib borilganligi, olib borilgan ishlar natijasida odil sudlovni amalga oshirish jarayonida shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish darajasi yangi bosqichga chiqqanligi, haqida ta’kidlab o‘tildi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Davra suhbati bo'lib o'tdi
13 декабрь 2023, Среда
Davra suhbati bo'lib o'tdi
Davra suhbati bo'lib o'tdi
13 декабрь 2023, Среда
Davra suhbati bo'lib o'tdi
Sayyor sud
24 ноябрь 2023, Пятница
Sayyor sud
YOSHLAR BILAN UCHRASHUV
27 февраль 2023, Понедельник
YOSHLAR BILAN UCHRASHUV
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar