Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » Poraning yuzi qora

Poraning yuzi qora

28 март 2024 йил
170
0

Endi O'zbekistonda pora olganlar yoki pora berganlar 20 yilgacha qamaladi

Xalqimiz pora berganni ham olganni ham yuzi qora, deya bejizga hikmat aytmagan. Chunki milliy qonunchiligimizga asosan ham pora olgan shaxs bilan birgalikda pora bergan, qolaversa o‘rtada  vositachilik qilganlarga ham javobgarlik joriy etilgani bu illatning oldini olishda yaxshigina qurol vazifasini o‘taydi, deyish mumkin. keling, fikrimizni isboti sifatida korrupsiyaga qarshi kurash sifatida amaliyotga joriy qilingan huquqiy asoslardan birini keltirib o‘taylik. 

O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuningdek, Prezidentimizning korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarga oid qator farmon va qarorlari qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarga oid 210, 211, 212, 213-moddalariga o‘zgartirishlar kiritildi.

Shu o‘rinda, “Xo‘sh korrupsiya o‘zi nima va uning ijtimoiy xavflilik xususiyati nimada?” degan o‘rinli savol tug‘iladi. Korrupsiya tushunchasiga O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” gi qonunining 3-moddasida ta’rif berib o‘tilgan bo‘lib, korrupsiya – shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish hisoblanadi.Ushbu qonunning 7-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar, Adliya vazirliklari, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinotyalarga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari hisoblanadi. Jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashishda mazkur davlat organlari aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlaydi. Bundan anglashiladiki, Yangi O‘zbekistonimizda korrupsiyaga qarshi bir qator qonun hujjatlari qabul qilinayotganligi va uning ijrosi yuzasidan joylarda o‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarga oid 210, 211, 212, 213-moddalariga javobgarlik chorasini kuchaytirish bilan bog‘liq bir qator o‘zgartishlar kiritilganligi davlatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari yangi pog‘onaga chiqdi, deyish mumkin.

Shunday ekan, har birimiz endilikda mamlakatimiz ravnaqi uchun ushbu illatga qarshi kurashishni asosiy burchimiz, deb bilishimiz lozim. Shundagina korrupsiyasiz barqaror jamiyatni kelajakka taqdim eta olamiz.  

 

Odil Yuldoshboevich Egamberdiev

Fuqarolik ishlari bo‘yicha

Zarbdor tumanlararo sudi raisi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

BOLA HUQUQI DAVLAT HIMOYASIDA
23 декабрь 2023, Суббота
BOLA HUQUQI DAVLAT HIMOYASIDA
Zo‘ravonlikka qarshimiz
07 декабрь 2023, Четверг
Zo‘ravonlikka qarshimiz
Odam savdosi
25 ноябрь 2023, Суббота
Odam savdosi
Korrupsiya jamiyat rivojiga bolta uruvchi illat
10 март 2023, Пятница
Korrupsiya jamiyat rivojiga bolta uruvchi illat
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar