Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » Aholini ro‘yxatga olishning xalqaro me’yorlari

Aholini ro‘yxatga olishning xalqaro me’yorlari

08 апрель 2024 йил
110
0

Hozirgi paytda mamlakatda aholini ro‘yxatga olish xalqaro me’yorlar asosida o‘tkaziladi. Har 10 yilda o‘tkaziladigan bu tadbirda aholi an’anaviy: yoshi, jinsi, ma’lumoti, ish joyi, millati, shuningdek, turarjoyi va uning maishiy asboblar bilan jihozlanishi kabi savollarga javob berishi kerak bo‘ladi.

O‘zbekistonda Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida qonun qabul qilinmagan. Shuning uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5655-son Farmonida alohida band sifatida O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi ishlab chiqish vazifasi yuklatilib, 2020 yil 16 martda tasdiqlandi.

Aholini ro'yxatga olishga tayyorgarlik ko'rish

Mazkur qonun quyidagilarni nazarda tutadi, ya’ni aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishning maqsadi, tartibi, davri va muddatlarini aniqlash; zamonaviy texnologiya va uslubiyotlar asosida aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish va tashkil etish; aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishda ishtirok etuvchi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining vazifalari, funksiyalari va javobgarligini belgilash; jismoniy va yuridik shaxslarni ushbu jarayonlarga qatnashishi uchun aniq mexanizmlar va ularning mehnatiga haq to‘lash manbalarini belgilash; yakuniy natijalarni amalga oshirish uchun tashkiliy-amaliy, huquqiy, iqtisodiy va boshqa chora-tadbirlarni keltirib o‘tish inobatga olinishi ko‘rsatib o‘tilgan.

Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olish o‘tkazilmagan. Aholining soni, yosh-jins tarkibi, hududiy joylashuvi xususiyatlari va boshqa ijtimoiy-demografik holatlaridagi o‘zgarishlar aholining joriy hisobi bo‘yicha mavjud ma’lumotlarni qo‘llashni sezilarli darajada cheklamoqda.

Chust tuman hokimligi - Aholini ro'yxatga olish qanday amalga oshiriladi?

Ushbu dolzarb masalalarni hal etish va xalqaro talablardan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi PF-5655-son Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasi” tasdiqlandi. Ushbu Farmonda quyidagilar nazarda tutilgan.

Birinchidan, aholini ro‘yxatga olish tadbirining maqsadi va asosiy vazifalari yoritilgan.

Ikkinchidan, tadbirni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bosqichlari belgilangan.

Uchinchidan, tadbirni o‘tkazishda ishtirok etuvchilar, vaqtinchalik xodimlarni yollash va ularning vazifalari batafsil keltirilgan.

To‘rtinchidan, tadbirni o‘tkazishning avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etish yo‘nalishlari inobatga olingan.

Beshinchidan, tadbirni o‘tkazishni moliyaviy manbalari ko‘rsatilgan.

Oltinchidan, tadbirdan kutilayotgan natijalar va boshqa ishlarni amalga oshirish tushuntirib o‘tilgan.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar