Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » “O‘zbekiston - 2030” strategiyasining mazmun mohiyati va Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimidagi islohotlar

“O‘zbekiston - 2030” strategiyasining mazmun mohiyati va Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimidagi islohotlar

23 ноябрь 2023 йил
2 018
0

Konstitusion islohotlar: sud-huquq tizimini yaxshilash yo'lida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentabrda  «O‘zbekiston - 2030» strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-158-son farmoni qabul qilindi. Mazkur Farmon bilan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish jarayonida orttirilgan tajriba va jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida ishlab chiqilgan «O‘zbekiston – 2030» strategiyasi tasdiqlandi. Farmonda quyidagi asosiy g‘oyalar aks ettirilgan:

    - barqaror iqtisodiy o‘sish orqali daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoridan o‘rin olish;

    - aholi talablariga va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilish;

    - aholi uchun qulay ekologik sharoitlarni yaratish;

    - xalq xizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etish;

    - mamlakatning suvereniteti va xavfsizligini kafolatli ta’minlash.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil              11 sentabrda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2023 yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–300-sonli qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi 5 ta ustuvor yo‘nalish hamda 100 ta maqsaddan iborat.

«O‘zbekiston — 2030» strategiyasida 5 ta ustuvor yo‘nalishlar belgilangan:

- har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish;

- barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash;

- suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish;

- qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish;

- «xavfsiz va tinchliksevar davlat» tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish.

Mazkur qaror bilan «O‘zbekiston — 2030» strategiyasida belgilangan 5 ta ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha 2023 yilga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasi, 2023-2024 yillarga mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlar hamda 2023 yilda ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ro‘yxati tasdiqlandi.

Jumladan, «O‘zbekiston — 2030» strategiyasining qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish yo‘nalishi bo‘yicha 2023 yilga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasi tasdiqlangan bo‘lib, Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligini ta’minlash, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoya qilinishini ta’minlashni sud-huquq islohotlarining bosh mezoniga aylantirish maqsadida (84-maqsad) tergov hibsxonalarini ayblanuvchi va sudlanuvchini to‘liq kuzatish imkonini beruvchi videokuzatuv tizimlari bilan jihozlash hamda videokuzatuv tizimlari bilan jihozlanmagan tergov hibsxonalarida ayblanuvchi va sudlanuvchilarni ushlab turishni taqiqlash;

- Davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini o‘rnatish hamda ma’muriy adliya tizimini yanada rivojlantirish maqsadida (85-maqsad) nizolarni muqobil hal etishda mediatsiya institutini rivojlantirish orqali fuqarolarning buzilgan huquqlarini soddalashtirilgan tartibda himoya qilish uchun, Mediatsiya qo‘llaniladigan sohalar doirasini kengaytirish, Mediatorga doir talablarni qayta ko‘rib chiqish va Hakamlik sudlari faoliyati hamda hakamlik muhokamasini xalqaro standartlarga moslashtirish;

- Sud hokimiyatining mustaqilligini kuchaytirish va uning faoliyatida ochiqlikni ta’minlash orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirish maqsadida (86-maqsad) sudning jamoatchilik bilan muloqot qilish samaradorligini oshirish, shu jumladan aholi o‘rtasida keng muhokamaga sabab bo‘lgan sud qarorlari yuzasidan brifinglar o‘tkazish va boshqa shakldagi tushuntirish ishlarini yo‘lga qo‘yish, sud raislarining sudning fuqarolar huquqlari va erkinliklarini, yuridik shaxslarning huquqlari va manfaatlarini sud orqali himoya qilishga doir faoliyati to‘g‘risida OAV orqali brifinglarda axborot taqdim etishlarini joriy qilish, Fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlariga ko‘rsatiladigan interaktiv elektron xizmatlar turlarini kengaytirish, har bir murojaatni ko‘rib chiqish jarayoni onlayn kuzatib borilishini ta’minlash, sud binolarida interaktiv xizmatlardan erkin foydalanish imkoniyatini yaratish belgilandi.

Muxtasar qilib aytganda, “O‘zbekiston - 2030” strategiyasida belgilangan barcha maqsad va chora-tadbirlarning har birini o‘z vaqtida va samarali bajarilishiga hamda hayotimizda keng tadbiq etilishiga barchamiz birdek mas’ulmiz.

 

 

Jizzax tumanlararo ma’muriy sudi sudyasi

M.M.Yuldashev

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

SUDLAR FAOLIYATINING  SAMARADORLIGI OSHIRILADI
23 февраль 2023, Четверг
SUDLAR FAOLIYATINING SAMARADORLIGI OSHIRILADI
Yangi O‘zbekiston va inson huquqlari
23 февраль 2023, Четверг
Yangi O‘zbekiston va inson huquqlari
SUD ISLOHOTLARI YANGI BOSQICHDA
26 январь 2023, Четверг
SUD ISLOHOTLARI YANGI BOSQICHDA
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar