Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » Zomin tumani Yoshlar ishlari bo‘limining hudud yoshlariga MUROJAATI

Zomin tumani Yoshlar ishlari bo‘limining hudud yoshlariga MUROJAATI

24 апрель 2024 йил
136
0

Assalomu alaykum !

Hurmatli Zomin tumani yoshlari,

 Xabaringiz bor muxtaram prizedentimizning tashabbuslari bilan  2024 yil “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilindi. Bu esa yoshlarga yana bir bor katta imkoniyatlar eshigini ochadi. Shuni aytib o‘tish joizki o‘tgan 2023- yil xam yoshlar uchun keng imkoniyatlar yili bo‘ldi.

 Zomin tumanida  39 ta mahalla bo‘lib, ulardan 39 ta mahallalarda yoshlar yetakchilari faoliyat olib bormoqda.

Tumandagi mahallalarda yoshlar yetakchilarining tizimli faoliyat olib borishlari uchun barcha  shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lib tuman yoshlarning mummolari o‘rganilib bartaraf etib kelinmoqda

Xususan,

Belgilangan qat’iy reja asosida 2023- yilning o‘tgan vaqt davomida tumandagi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 1781 nafar  yoshlardan 1578 nafar yoshlarni muammolari bartaraf etilib, “Yoshlar daftari”dan chiqarilishiga erishildi. Shundan, 631 nafar yoshlarga  Yoshlar jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 1 milyard  270 mln. so‘mlik yordam ko‘rsatildi.

Bundan tashqari tumanimizda 2023 yil Bandlik dasturi ishlab chiqilib, dasturga ko‘ra 263 nafar ishsiz yoshlar, 165 nafar Profisional ta’lim bitiruvchilari, 186 nafar oliy ta’lim bitiruvchilari, 2155 nafarni  maktab bitiruvchilarini  bandligini ta’minlashga erishildi, 192 nafar yoshlarga 174 gektar yer ajratildi, tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan 506 nafar yoshlarga 15 mlrd 298 mln so‘mlik imtiyozli bank kreditlari ajratildi.

Shuni aloxida aytishim joizki tumanimzda  barpo etilgan “Yoshlar markazi” tumanimz yoshlari uchun beminnat xizmat qilib kelmoqda. Hozirgi kunda zamonaviy tarzda ta’mirlangan va jihozlangan mazkur “Yoshlar markazi” qoshida “Ideal” va “Liders’ Innovation School” o‘quv markazlari tashkil etilgan Shuningdek  “Robototexnika”, “Rassomchilik”, “Sardorlar maktabi”, xorijiy tillar, tabiy va aniq fanlar bo‘yicha to‘garaklar hamda “Radiouzel” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ushbu to‘garaklarga 1 ming 800 nafardan ziyod yoshlar qamrab olingan.

Buning natijasida Besh tashabbus olimpiadasining birinchi va ikkinchi mavsumida maxalla bosqichlarida jami 30 mingdan ortiq yoshlar ishtirok  etishdi. Yakunda   Qushtol maxallasining yoshlari Voleybol  sport turining Respublika bosqichida ishtirok etishdi va Faxrli 3- o‘rinni, “Milliy va zamonaviy cholg‘u ijrochiligi” bo‘yicha Respublika ko‘rik tanlovida Qayirma maxallasidan Tog‘aev Nurbek Shuxrat o‘g‘li 16-22 yosh toifasi, “Rubob prima” yo‘nalishida birinchi o‘rinni egalladi.

Aziz yoshlar

Davlatimiz raxbarining “Bugungi kunda har birimiz amalda Vatan himoyachisi bo‘lishimiz, yoshlarimizni ham shu ruhda kamol toptirishimiz zarur”. degan so‘zlari xar bir yoshning vatan oldidagi muqaddas burchi, uni ko‘z qorachig‘iday asrashi unga tayanch va suyanch bo‘lishi shu bilan birga Yangi O‘zbekiston kelajagi yoshlar bilan ekan barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib birlashib xarakat qilishimiz kerakligini aytib o‘tmoqchiman.  

Shu bois joriy yilda quydagi ishlarni amalga oshiramiz.

Birinchidan, Davlat ko‘magiga muhtoj “og‘ir” toifadagi yoshlar bilan ishlash:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy bosh qo‘mondoni Sh. Mirziyoev raisligida 2024-yil 12-yanvar kuni o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, huquqtartibot va mudofaa organlariga respublika miqyosida 4 million yoshlarni biriktirib, otaliqqa olish tizimini samarali tashkil etish uchun qator topshiriqlar berilgan edi.

Mazkur topshiriqlar ijrosi yuzasidan tumanimizda 2024 yil boshida yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish va ularning bandligini ta’minlash maqsadida yoshlar yetakchilari tomonidan 14-30 yoshdagi   42 448 nafar “Yoshlar balansi” shakllantirildi.

Joriy yilning 22 fevral holatiga yoshlar yetakchilari tomonidan xatlovdan o‘tkazilgan 42 448 nafar yoshlar 3 ta asosiy 25 0 52 nafar “yaxshi”-  yashil toifadagi (65,7 %), 17 396  nafar “o‘rta”- sariq toifadagi (34,3 %) va 243  nafar yoshlar “og‘ir” – qizil (jami yoshlarning 0,7 %)  toifalarga ajratildi.

Ikkinchidan, yoshlar bandligini ta’minlash yo‘nalishida:

Yoshlar bandligi dasturi orqali 164 nafar ishsiz va 2 317 nafar bituruvchi   yoshlar bandligini ta’minlash dasturlarini ishlab chiqilib, belgilangan tartibda munosib ish bilan ta’minlash choralari ko‘riladi.

Bunda:

268 nafar ishsiz yoshlar doimiy ish o‘rinlariga joylashtiriladi;

177 nafar ishsiz  yoshlar kasb-hunarlarga o‘qitish choralari ko‘riladi;

131 nafar ishsiz yoshlar tadbirkorlikka o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi

166 nafar ishsiz yoshlar zamonaviy kasblarga o‘rgatiladi;

131 nafar ishsiz yoshlarga mehnat qurollari va asbob-uskunalar subsidiya asosida ajratiladi;

55 nafar ishsiz yoshlarga dehqonchilik qilishlari uchun yer maydoni ajratiladi;

171 nafar ishsiz tadbirkorlik qilish istagidagi yoshlarga kredit mablag‘lari ajratiladi;

223 nafar ishsiz hududlarda yangi yaratiladigan ish o‘rinlariga joylashtirish choralari ko‘riladi.

Uchinchidan, Xorijdagi yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida:

2024 yil boshidan shakllangan “Yoshlar balansi”ga ko‘ra 332 nafarni tashkil etmoqda. Xorijga o‘qish yoki ishlash uchun ketgan 217 nafar yoshlar ro‘yxatini shakllantirilib, ularni yil davomida qaytarish choralari ko‘riladi;

67 nafar xorijga ishlash yoki o‘qish uchun ketgan yoshlar bilan sektor rahbarlarining onlayn uchrashuvlarini tashkil etiladi;

94 nafar xorijga ishlash yoki o‘qish uchun ketgan yoshlarning ota-onalari bilan sektor rahbarlari tomonidan uchrashuvlarini o‘tkaziladi;

56 nafar xorijdan qaytgan yoshlarni bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirish choralarini ko‘riladi.

To‘rtinchidan, Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ko‘maklashish:

“Yoshlar daftari”ga kiritish orqali  1239  nafar yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy tomondan qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘riladi

Bunda:

106 nafar yoshlarni zamonaviy kasb, hunar va tadbirkorlikka o‘qitish;

170 nafar yoshlarning ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlarida o‘qish xarajatlarini qoplash;

196 nafar yoshlarga mehnat quroli yoki asbob-uskuna uchun subsidiya ajratish;

349 nafar Oliy va professional ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi yoshlarning kontrakt mablag‘larini qoplab berish.

132 nafar yoshlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish choralarini ko‘rish.

286 nafar Boshqa ijtimoiy ko‘maklar orqali yoshlarni qo‘llab-quvvatlash rejalashtirilgan.

Beshinchidan, Huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo‘lgan yoshlar va voyaga yetmaganlar bilan tizimli ishlash yo‘nalishida

148 nafar yoshlarni “Harakatlar rejasi” orqali qamrab olish rejalashtirilgan. Yoshlar o‘rtasida sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olish maqsadida 185 ta tadbirlar tashkil etiladi. Jinoyat sodir etgan yoshlar bilan individual suhbatlar tashkil etish, jinoyatchilikka moyil bo‘lgan yoshlar bilan profilaktik va psixologik suhbatlar tashkil etiladi va ushbu yoshlarga ijtimoiy-iqtisodiy tomonlama ko‘maklar ko‘rsatiladi.

Oltinchidan, Mahallalarda yoshlarni “Besh tashabbus olimpiadasi”ga jalb etish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish yo‘nalishida

“Besh tashabbus olimpiadasi” loyihalari orqali 18 ming 994  nafar yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish rejalashtirilgan bo‘lib, yoshlarning harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari orqali 5 ming 954 nafar yoshlarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etiladi. Boshqa loyiha va tadbirlar orqali 10 ming 125 nafar yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunlli tashkil etish rejalashtirilgan.

Yettichidan, Iqtidorli yoshlarni izlab topish, iste’dodini ro‘yobga chiqarish va ularni qo‘llab-quvvatlashga ko‘maklashish

“Ibrat farzandlari” Youtube platformasi orqali 4 ming 46 nafar yoshlarning chet tillarni o‘rganishiga ko‘maklashish va 3 ming 912  nafar chet tillarini o‘rganish istagida bo‘lgan yoshlarni “lbrat Academy” mobil ilovasi orqali qamraab olish rejalashtirilgan, bundan tashqari 1 ming 531  nafar shaxmatga qiziquvchi yoshlarni “UzChess” loyihasi doirasida qamrab olish, 3 ming 390  nafar yoshlarni intellektual o‘yinlarga jalb qilish orqali iqtidorini ro‘yobga chiqarish va 2 ming 426  nafar yoshlarni volontyorlik va liderlik loyihalari orqali iqtidorlarini ro‘yobga chiqarish choralarini ko‘rish rejalashtirilgan  

Hurmatli Zomin tumani yoshlari

Men tumanimiz yoshlariga qarata ishonch bilan ayta olamanki, navqiron yoshlarimiz kelajakda o‘zlari uchun yaratilib berilayotgan sharoitlardan to‘liq foydalanib, bundanda katta yutiqlarga erishadilar.

Men barcha yoshlarimizga tumanimiz faollari nomidan mustahkam sog‘liq va metin iroda, kelgusidagi barcha ezgu niyatlarini amalga oshishida zafar va omadlar hamisha hamrox bo‘lishini tilab qolaman.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar