Zomin tumani hokimining yoshlar bilan yana bir samarali uchrashuvi
Bugun Zomin shahridagi Yoshlar markazi binosida tuman hokimi A.Abdug‘anievning Oq-tepa va Xalqobod MFY yoshlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda, tuman hokimi o‘rinbosarlari, DXX tuman bo‘limi vakillari, bandlik, sog‘liqni saqlash kabi bir qancha tuman tashkilot va idora rahbarlari hamda yoshlar ishtirok etdi.
Uchrashuvda dastlab tuman hokimi yoshlarning muammolarini hal etish borsida amalga oshirilayotgan ishlar, Yoshlar daftari, Yoshlar jamg‘armasi faoliyati bo‘yicha batafsil tushunchalar berib o‘tdi.
Shundan so‘ng yoshlarning bandlik, subsidiya, tadirkorlik, sog‘liqni saqlash yo‘nalishlaridagi 20 taga yaqin murojaatlari va takliflari rahbarlar tomonidan tinglandi.
Shundan so‘ng, rahbar tomonidan yoshlarni qiynab kelayotgan muammo va takliflari tinglandi va bir qancha yoshlarga belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy yordamlar ko‘rsatilishi belgilandi.
Jumladan, ushbu mahallalarda yashovchi Abbos Abdullaev fuqarolik pasporti olishda moddiy yordam so‘rab qilgan murojaati shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi. Fayzullaev Javlonbek, Axmedov Jamshidlarning tadbirkorlik qilish uchun kredit chiqarishda amaliy yordam ko‘rsatilish aytildi.
Zomin tumani hokimligi
Axborot xizmati