ODAM SAVDOSI
Joriy yilning 24 aprel kuni Zomin tumani O‘zbekiston mahalla fuqarolar yig’ini ma’muriy binosida mahalla fuqarolari va faollar ishtirokida O‘zbekiston Respeblikasining “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g’risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati mavzusida davra suxbatlari tashkil etilib, fuqarolarga ushbu Qonunning maqsad va vazifalari, voyaga yetmagan shaxslar savdosi, kelib chiqish mamlakatlari, majburlash, odam savdosi, odam savdosidan jabrlangan shaxslar, odam savdosidan jabrlanganlarni identifikatsiya qilish holatlari yuzasidan tushunchalar berildi.
Shuningdek, davra suxbati davomida tadbir ishtirokchilariga odam savdosiga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari, qonunchiligimizda odam savdosi jinoyatini sodir etgan shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan jinoiy jazo choralari bo‘yicha ham atroflicha tushuntirishlar berib o‘tildi.
O‘tkazilgan targ’ibot tadbirida ishtirokchilarni qiziqirgan savollariga sud raisi tomonidan batafsil javoblar berildi.
Shomurod Begmatov
Zomin tumanlararo iqtisodiy sudi raisi