Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » Xorijdagi Vatandoshlarimizning Zomin tuman kutubxonasiga tashrifi

Xorijdagi Vatandoshlarimizning Zomin tuman kutubxonasiga tashrifi

31 май 2024 йил
174
0

Zomin tumanida tug'ilib o'sgan va 60- umumiy o'rta ta'lim maktabini bitirganligiga 50 yil to'lgan bitiruvchilar Zomin tuman axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurishdi.

Ayni vaqtda Vatandoshlarimiz Germaniya Federativ Respublikasida istiqomat qilishadi. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev bilan bir dargohda ta'lim olgan mehmonlarimiz o'zlarining tashriflari bilan kutubxonamiz jamoasini benihoya hursand qilishdi.

Mehmonlarimiz kutubxonamizdagi turli-tuman adabiyotlarimizni ko'rib hamda tumanimizdagi so'nggi yillardagi bunyodkorlik ishlarini ko'rib yana bir bor fahr tuyg'usini his etayotganliklarini o'zbek va nemis tilida izhor etishdi.

Bundan tashqari kutubxonamiz fondida mavjud bo'lgan "Yangi O'zbekiston" kitobini katta qiziqish va zo'r hayajon bilan mutoala qilishdi. Kutubxonamizda faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning muomala madaniyatiga alohida ehtirom bilan to'xtalib o'tishdi. Kelgusida tashrif buyurish niyatida ekanliklarini xayrlashuv suxbati chog'ida ta'kidlab o'tishdi.

Zeroki, bundayin Vatanparvarlik, o'z yurtiga bo'lgan yuksak ehtirom yer yuzining barcha elatlari, xalqlari ongida eng rivoj topgan insoniy hislatlaridan biridir.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar