Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » Ochiq muloqot o'tkazildi

Ochiq muloqot o'tkazildi

04 июнь 2024 йил
150
0

 Davlat rahbari tomonidan joriy yilning 23 may kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqqa muvofiq, Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari B. Valiev rahbarligidagi ishchi guruhi tomonidan Jizzax viloyatida farmasevtika sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar ahvoli o‘rganildi.

 Xususan, Zomin tumanidagi “Zomin pharm” MChJ binosida viloyatda farmasevtika sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirayotgan 12 ta tashabbuskorlar bilan uchrashilib, ochiq muloqot o‘tkazildi.
 Tadbirda tashabbuskorlardan kelib tushgan 6 ta muammoli masalalar hamda 1 ta takliflar mutasaddi idora vakillari ishtirokida muhokama qilindi va muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.
 Shuningdek, Zomin tumanidagi "Zomin pharm" MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan dori vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi joyiga chiqqan holda o‘rganilib, jamiyatning yerga doir nizoli masalasini qisqa fursatlarda qonuniy hal etish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
   Topshiriq ijrosi yuzasidan nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar