Zomin tumanida aholi va yoshlar bandligini ta'minlash masalalari yuzasidan ochiq muloqot o’tkazildi
Zomin tumani hokimi Alisher Abdug’aniyev tumanda aholi va yoshlar bilan ishlash va ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlash borasidagi ishlar to’g’risida ochiq muloqot o'tkazdi.
Unda hokim oʻrinbosarlari, tegishli korxona va tashkilot rahbarlari, mahalla masʼullari, aholi va yoshlar ishtirok etishdi.
Ochiq muloqotda aholi va yoshlar muammolarini hal qilish va salohiyatini yuzaga chiqarish, ularni talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarga o‘qitish orqali bandligini ta’minlash bo‘yicha ko‘plab vazifalar belgilandi.
Muloqot davomida tuman hokimi joriy yilda Zomin tumanida tashkil etilgan hamda tashkil etilishi rejalashtirilgan yangi ish oʻrinlari xususida to'xtalib o'tdi.
Shuningdek, tadbirda yoshlarning murojaat va takliflari tinglanib, ularning ijobiy yechimi yuzasidan tegishli rahbarlarga topshiriqlar berildi va tuman hokimi tomonidan nazoratga olindi.