Aholini ro‘yxatga olish davrida internet tarmog‘idan foydalangan holda ro‘yxatdan o‘tish
Aholini ro‘yxatga olish davrida Respondentlar internet tarmog‘iga ulangan holda, shaxsiy kompyuteridagi web brauzerdan foydalanib, o‘zlari axborot tizimida joylashtirilgan so‘rovnomalarni kiritish imkoni bor. Respondentlar ushbu imkoniyatdan foydalanish uchun Aholini ro‘yxatga olish davrida internet tarmog‘idan foydalangan holda, ro‘yxatdan o‘tish uchun ajratilgan kunlarda so‘rovnomalarni o‘zlariga qulay bo‘lgan vaqtda to‘ldirishlari kifoya qiladi.
Axborot tizimida Respondentlar tomonidan so‘rovnomalarni to‘ldirish uchun, avvalo, quyidagi manzilga murojaat qilishlari talab etiladi: census.stat.uz
Respondentlar ushbu manzilga murojaat qilganlarida, axborot tizimining asosiy sahifasi web brauzerda yuklanadi. Ushbu sahifada Respondentlar tegishli bo‘limlarga murojaat qilganlarida, quyidagi ma’lumotlarni ko‘rib chiqish mumkin:
-Aholini ro‘yxatga olish haqida barcha ma’lumotlarni olish; (Aholini ro‘yxatga olishning tarixi, maqsadlari, vazifalari va o‘tkazish tartibi)
- Respondentlar tomonidan ko‘p beriladigan savollarga javoblarni olish;
-Ro‘yxatdan o‘tish uchun kelishuv shartlari bilan tanishish;
- Ro‘yxatdan o‘tish uchun foydalanuvchi qo‘llanmasi bilan tanishish;
- Respondentlarni qiziqtirgan boshqa savollarga javob olish uchun Statistika agentligining mas’ul xodimlari bilan bog‘lanish;
- Statistika agentligi tomonidan o‘tkazilayotgan Aholini ro‘yxatga olish jarayonlarini bevosita ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib borish.
Shuningdek, sahifani o‘zbek tilida (lotin va kirill alifbosida), rus tilida hamda qoraqalpoq tilida ko‘rib chiqish mumkin.
Axborot tizimining asosiy sahifasida Respondentlar OneID tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tib tizimning asosiy funksiyalaridan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
Respondentlar OneID tizimida ro‘yxatdan o‘tish uchun o‘zlari uchun qulay bo‘lgan ro‘yxatdan o‘tish turini tanlash imkoniyatiga egalar. Quyida ro‘yxatdan o‘tish turlari va ularning qisqacha tavsifi bilan tanishish mumkin:
-Login va paroldan foydalangan holda ro‘yxatdan o‘tish. Ushbu holatda Respondentlar OneID tizimida o‘zlarining shaxsiy ma’lumotlaridan foydalangan holda, o‘zlari istagan login va parolni ro‘yxatdan o‘tkazishlari mumkin.
-Mobile-ID dan foydalangan holda ro‘yxatdan o‘tish. Ushbu holatda Respondentlarning shaxsiy telefon raqamlarida Mobile-ID xizmati ulangan bo‘lib, ular telefon raqamlarini kiritishadi va ushbu raqamga kelgan maxsus kodni kiritishlari talab etiladi.
-ERI kalitidan foydalangan holda ro‘yxatdan o‘tish. Ushbu holatda Respondentlardan jismoniy shaxslar uchun taqdim etiladigan ERI kalitlari orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
-ID-kartadan foydalangan holda ro‘yxatdan o‘tish. Ushbu holatda Respondentlar o‘zlarining JSHSHIR raqamlari va parolni kiritishlari talab etiladi.
Bundan tashqari, ushbu jarayonda OneID tizimi ushbu Respondentga tegishli bo‘lgan ba’zi shaxsiy ma’lumotlarni Aholini ro‘yxatga olishning birlamchi ma’lumotlarini kiritish va qayta ishlash axborot tizimiga taqdim etadi. Ushbu ma’lumotlar asosida axborot tizimi shaxslarni identifikatsiyalash jarayonidan o‘tkazadi. Identifikatsiyalash jarayoni axborot tizimiga bo‘ladigan tashqi hujumlar ehtimolini kamaytirib, yolg‘on va tasdiqlanmagan ma’lumotlar kiritilishini oldini oladi.
Mamlakat Nurmamatova
Jizzax viloyati statistika boshqarmasi
Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil
etish va o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i