Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92

Brifing

27 июль 2024 йил
80
0

Brifing

Zomin tumani hokimligi faollar zalida tumandagi korxona-tashkilot rahbarlari, deputatlar, sektor rahbarlari, mahalla fuqarolar yigʻini raislari, mutasaddi tashkilot hamda OAV vakillari ishtirokida tumanda yangi tashkil etilayotgan investitsiya loyihalari, sanoat va ishlab chiqarish sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan brifing boʻlib oʻtdi. Unda tuman hokimining birnchi o'rinbosari Z.Omonqulov tomonidan mavzu yuzasidan maʼlumot berildi.

Tumanda aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, aholi daromadlari oshirish, mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida jami 2 793 nafar fuqarolarga 49,1 mlrd so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi. Shundan, yoshlarni bandligini ta’minlash maqsadida 1 115 nafar yoshlarga 20,1 mlrd so‘m, xotin-qizlarni bandligini ta’minlash maqsadida 1 528 ta ayollarga 23,9 mlrd so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi.

Tumandagi 39 ta mahallalardagi 2 943 ta aholi xonadonlariga 45 ta lider tadbirkorlar biriktirilib, ajratilgan imtiyozli kreditlar doirasida 82 ta xonadonlarda issiqxona, 184 ta xonadonlarda 10,9 ming ta tovuq, 3 ta xonadonlarda 1,5 ming dona qo‘ziqorin, 18 ta xonadonlarda 1,4 ming dona golubinka ko‘chatlari, 42 ta xonadonlarda 67,8 ming dona malina ko‘chatlari,  315 ta xonadonlarga 438 bosh qoramol, 430 ta xonadonlarga 4,0 mingdan ortiq qo‘y va echiki, 13 ta xonadonlarga 3,7 ming dona bedana, 14 ta xonadonlarga 93 dona asalari qutilari, 1950 ta xonadonlarga 589,6 ming dona ko‘chatlar, 119 ta xonadonlarga 148 ta tikuv mashinalari va 271 ta xonadonlarga 379 ta boshqa turdagi asbob-uskunalar yetkazib berilib, aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borildi.

Bundan tashqari, 2024 yil 9 yanvardagi PQ-7-sonli qarorga asosan, 1 031 nafar fuqarolarga “biznesga birinchi qadam” dasturi doirasida 8 242 mln. so‘m mikroqarzlar, PQ-306 va PQ-366-sonli qaror doirasida 101 ta tadbirkorlik sub’ektlariga 8 941 mln so‘m kreditlar ajratildi.

 

Tumandagi 13 ta mahallalardagi 8 415 ta xonadonlarga 286,1 ming dona uzum ko‘chatlari ekilib xozirgi kunda parvarish qilinmoqda. Jumladan, 8 353 ta xonadonlarning tomorqasiga 200,1 ming dona xamda 46 ta ko‘chalarga 86,0 ming dona uzum ko‘chatlari ekildi. Shuningdek, jami 131,2 gektar shundan, 73,2 gektar aholi xonadonlariga hamda 58,0 gektar ko‘cha qismi yer maydonlariga uzum ko‘chatlari uchun so‘ritoklar qilindi.

Shuningdek, tumandagi 39 ta mahalla va qishloq fuqarolar yig‘inlaridagi jami 25 334 ta tomorqa yer egalari tomonidan 3 176 gektar aholi tomorqalarida sabzavot va poliz ekinlar ekildi. Jumladan, 649,3 gektar to‘qsonbosti, 375,4 gektar kartoshka, 387,4 gektar dukkakli ekinlar, 997,2 gektar sabzavotlar, 34,2 gektar poliz ekinlari hamda 732,5 gektar boshqa turdagi ekinlar ekildi.

Bahorgi ekinlarni ekish hisobiga jami 51,0 ming tonna jumladan, 19,2 ming tonna sabzavot mahsulotlari, 1,1 ming tonna poliz mahsulotlari, 12,8 ming tonna kartoshka, 1,2 ming tonna dukkakli mahsulotlar va 16,6 ming tonna boshqa turdagi oziq-ovqat mahsulotlari yetishtiriladi.

Baxorgi ekinlar yetishtirib olingan jami 2 713 gektar aholi tomorqalariga takroriy (o‘rtaki) ekinlarni ekish ko‘zda tutilgan. Jumladan, 810 gektar sabzavot, 100 gektar poliz, 161 gektar kartoshka, 339 gektar dukkakli ekinlar hamda 1 302 gektar boshqa turdagi ekinlar ekiladi. 

Joriy yilda tumanimizda ijtimoiy-iqtisodiy soxalarda amalga oshirilgan ishlar natijadorligi bo‘yicha qisqacha to‘xtalib o‘tsam.

Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha.

 

 Joriy yil tumanimizda sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarida amalga oshirilayotgan yangi loyihalar, faoliyat ko‘rsatib kelayotgan tadbirkorlar faoliyatini rivojlantirish hisobiga yanvar-iyun oylarida 427,8 mlrd. so‘mlik sanoat maxsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 104,8 foizni, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish 1 trln 134,5 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 102,8 foizni asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar 722,4 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 168,5 foizni, 224,8 mlrd. so‘mlik qurilish-pudrat ishlari amalga oshirilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 118,9 foizga, chakana savdo aylanmasi 528,0 mlrd. so‘mni tashkil qilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 106,5 foizga, 424,9 mlrd. so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 108,3 foizga bajarildi.

 

Tadbirkorlik sub’ektlari bo‘yicha.

 

Tumanda jami tadbirkorlik sub’ektlari soni 4 739 tani tashkil qiladi. Shundan 5 ta yirik korxonalar, 1 170 ta fermer xo‘jaliklari,  334 ta o‘rta korxonalar hamda kichchik korxona va mikrofirmalar 3 230 tani tashkil qiladi.

Bundan tashqari joriy yilda jami 222 ta yangi tadbirkorlik sub’ektlari tashkil qilindi.

 

Budjet daromadlari bo‘yicha.

 

Joriy yil yanvar-iyun oylari tuman budjet daromadlari jami 105,1 mlrd so‘mni tashkil qilib, shundan mahalliy budjet daromadlari 34,2 mlrd. so‘m, NDS daromadlari 32,3 mlrd. so‘mni tashkil qiladi.

 

 Aholi bandligi bo‘yicha.

 

Tumanimizda mehnatga layoqatli aholi soni 91 247 nafarni tashkil etib, ularning 64 555 nafarni ish bilan ta’minlangan,
5 087 nafarini ish bilan band etilmagan yoki ishsizlik darajasi 7,3 foizni tashkil etadi.

Ishsizlik darajasini qisqartirish maqsadida joriy yilda 16 008 ta yangi ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan bo‘lib, yanvar-iyun oylarida 14 908 ta yangi ish o‘rinlari yaratilib, rejaga nisbatan 133,0 foizga bajarildi.

Jamoat ishlari jamg‘armasining 398,0 mln. so‘m mablag‘i evaziga 638 nafar fuqarolar haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etilib vaqtincha bandligi ta’minlandi.

Yaratilgan yangi ish o‘rinlari va jamoat ishlariga asosan chet davlatlardan qaytgan mexnat migrantlari joylashtirildi. Jumladan, joriy yilda 476 nafar  fuqarolar yashash manzillariga qaytib kelgan bo‘lib, hozirgi kunga qadar 218 nafari yoki 45,8 foizining bandligi ta’minlandi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar