Bo‘sh ish o‘rinlari (markaziy, hududiy va tizim tashkilotlarida), ishga qabul qilish shartlari, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar va taqdim qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar
O‘zbekiston Respublika Prezidentining 2021 yil 16 iyundagi PF-6247-sonli Farmoni 1-ilovasi 39-bandi ijrosi yuzasidan tumanda faoliyat yuritayotgan Davlat organlari va tashkilotlar tomonidan xar oy o‘zlaridagi bo‘sh ish o‘rinlari, ishga qabul qilish shartlari, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar va taqdim qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining ish.mehnat.uz rasmiy sayti orqali e’lon qilinib borilmoqda. Bundan tashqari davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlarning yagona ochiq portali vacancy.argos.uz sayti orqali ochiq tanlov orqali qabul qilinmoqda.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining buyrug‘i (ro‘yxat raqami - 858-4, 2017 yil 10 noyabr) bilan Mehnat organlariga bo‘sh ish joylari (vakant lavozimlar) mavjudligi to‘g‘risida va mo‘ljallanayotgan xodimlar ishdan ozod etilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish tartibi belgilangan.
Ushbu Nizomga ko‘ra bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligi va xodimlarning ishdan ozod etilishi haqidagi ma’lumotlar quyidagi tartibda beriladi:
majburiy tartibda – mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha ish beruvchi yuridik shaxslar tomonidan;
ixtiyoriy tartibda – kichik tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan.
bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi ma’lumotlarni ikki usulda berish mumkin:
1 – elektron shaklda Bandlik va mehnat munosabatlari portali orqali (sayt – ish.mehnat.uz) ish beruvchining vakolatli mansabdor shaxsining ERI bilan tasdiqlangan holda;
2 – qog‘oz shaklida ish beruvchi faoliyatini amalga oshiradigan joy bo‘yicha Bandlikka ko‘maklashish tuman (shahar) markaziga – ERI mavjud bo‘lmasa yoki Internetdan foydalanish imkoniyati bo‘lmasa. Hujjat ish beruvchining mansabdor shaxsi tomonidan imzolanadi va tashkilot muhri bilan tasdiqlanadi (agar u mavjud bo‘lsa). Bo‘sh ish o‘rinlari (bo‘sh lavozimlar) mavjudligi (mavjud emasligi) haqida ma’lumotnomaning yangilangan shakli tasdiqlandi.
Ishga qabul qilish shartlari Mexnat Kodeksning 122 moddasida,ishga qabul qilish vaqtida talab qilinadigan hujjatlar 124 moddasida belgilab qo‘yilgan.
Онлайн: bosh-ish-orinlari-06_09_2024.pdf