Davlat dasturi ijrosi yuzasidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi
Zomin tumani hokimi Alisher Abdug’aniyev ishtirokida tumanda “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili” davlat dasturi asosida amalga oshirilgan vazifalarga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.
Anjumanda mahalliy ommaviy axborot vositalari xodimlari va blogerlar, soha vakillari hamda faollar ishtirok etishdi.
Dastlab tuman hokimi yigʻilganlarga mavzu yuzasidan maʼlumot berdi.
Ta'kidlandiki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston-2030 strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-37-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirildi.
Davlat dasturida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan Zomin tuman hokimining qarori bilan “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid tuman dasturi tasdiqlanib ijroga qaratildi.
Tuman dasturida belgilangan vazifalar yuzasidan Iqtisodiy sohada оilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha ishlab chiqilgan “Individual dasturlar” doirasida kambag‘allik darajasini 2024-yil 9 oy yakuni bilan 16,0 foizga kamaytirildi:
Bunda kambag‘al oilalar a’zolarining:
720 nafarini doimiy ish o‘rinlariga ishga joylashtirildi;
194 nafariga imtiyozli kredit va subsidiya ajratildi;
274 nafarini kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitildi;
Bandlik organlarida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini va natijadorligini oshirish orqali 463 nafar aholini mehnat faoliyatiga jalb qilindi.
Ish bilan band bo‘lmagan kamida 520 nafar, shu jumladan, 54 nafar ishsiz xotin-qizlar hamda 50 nafar ishsiz yoshlarni kasb-hunar, xorijiy tillar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitildi.
Kasb-hunarga o‘qitishda xususiy sektor va “usta-shogird” maktablari ulushini 35 foizga yetkazildi.
Hozirgi kunda fermer xo‘jaliklari va boshqa korxonalar tomonidan zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalariga bo‘lgan talab ortib borayotganligi tufayli texnika ta’minoti past bo‘lgan chorvachilik, sabzavot va polizchilik, bog‘dorchilik va uzumchilik yo‘nalishlaridagi fermer va boshqa korxonalar tomonidan lizing asosida boshlang‘ich to‘lovni 10% miqdorida to‘lab, 10 yil muddatga xarid qilishmoqda. Buning natijasida fermer xo‘jaliklariga juda katta qulayliklar keltirmoqda.
Tumanda 2024-yil iyun oyida qishloq xo‘jaligida xavfli pestitsidlardan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha JSST va Pestitsidlarga qarshi kurashish xalqaro tashkilot (RAN) tomonidan o‘ta va yuqori darajada xavfli deb topilgan pestitsidlarning o‘rniga muqobil vositalar qo‘llanildi.
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligini ruxsat etiladigan kimyoviy vositalar ro‘yxatini shakllantirish bo‘yicha vakolatli davlat organi sifatida e’tirof etish, ro‘yxatni ko‘rsatib o‘tilgan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda shakllantirish bo‘yicha ishlar amalga oshirildi.
Meva-sabzavot mahsulotlari eksport hajmini oshirish bo‘yicha “in-vitro” usulida sertifikatlangan ko‘chatlarni ko‘paytirish va meva-uzum yetishtiruvchilarga yetkazib berish, sabzavot mahsulotlarini intensiv usulda yetishtirish ko‘lamini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llagan holda sabzavotdan gektariga o‘rtacha 350-450 sentner hosil olish ta’minlandi.
Mahalliy meva-sabzavot mahsulotlari eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha dehqon va fermer xo‘jaliklari, biolaboratoriya va o‘simliklar klinikalari mutaxassislari, aholi tomorqa-yer egalariga meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirishda zararkunandalarga qarshi kurashish chora-tadbirlarini qo‘llash bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etildi.
Tuman hududlarida katta iqtisodiy zarar keltirishi xavfi bo‘lgan zararkunandalar bo‘yicha feromonitoring yuritildi.
Tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga qo‘yilgan eksport talablari bo‘yicha seminar, davra suhbatlarini tashkil etib borildi.
Tuproqni himoyalovchi agrotexnologiyalardan foydalanilishi, yer ustki qismini doimo qoplama bilan qoplanishi, tuproq ifloslanishi hamda mikroflorasi yo‘qolishining oldini olish monitoringini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar tomonidan yer ustki qismini doimo qoplama bilan qoplash hamda tuproq himoyalanishining kuzatuvi olib borildi.
Qishloq xo‘jaligi yerlari dala chetlariga ekin ekilishi hamda ko‘p yillik daraxtlar o‘tkazilishini ta’minlandi.
Tuproqning kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi hamda uning mikroflorasi yo‘qolishining oldini olish bo‘yicha yerdan foydalanuvchilar uchun tavsiyalar ishlab chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5-sonli qaroriga asosan, Zomin tumani suv yetkazib berish xizmati Davlat Muassasasi tashkil etildi. Tumandagi qishloq xo‘jalik korxona va tashkilotlari bilan suv yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar imzolandi, shuningdek, barcha QFY va MFYlar bilan aholi tomorqasiga yetkazilgan suv uchun shartnomalar va olingan suv bo‘yicha dalolatnomalar oyma-oy tuzib berilmoqda. Suv iste’molchilariga suv manbalarini suv hisoblagichlar bilan jihozlash bo‘yicha ogohlantirish xatlari berildi.
I-chorak davomida barcha umumta’lim maktablarga o’rnatilgan Wi-Fi va mikrotik qurilmalari ishlashi ko‘zdan kechirildi va qurilmalarni o‘rnatilgan joydan o‘zboshimchalik bilan olib qo‘yish holatlari oldi olindi va doimiy xatlovdan o‘tkazildi.
Ta’lim muassasalari “Milliy ta’lim resurslari” va elektron ta’lim kontentlarni o‘quvchi va o‘qituvchilar orasida keng joriy qilish bo‘yicha tushunchalar berildi va har bir kompyuter sinf xonasida ta’limga oid saytlar ro‘yxati shakllantirildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-maydagi “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ–5132-son qarori bilan ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha bo‘lim tomonidan barcha ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirokida tuman Adliya bo‘limi bilan hamkorlikda 2 marotaba “Ijro intizomi – samaradorlik omili” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Bugungi kunda tumandagi barcha ta’lim muassasalarida “edo.ijro.uz” yagona elektron hujjatlar almashish tizimi “Unicon SOFT” mas’uliyati cheklangan jamiyati Jizzax viloyat filiali bilan shartnoma tuzish orqali yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ijro intizomini mustahkamlash, sohaga yagona elektron hujjatlar almashish amaliyotini joriy etishda muhimligi, qog‘ozbozlik va byurokratiyadan voz kechish, vaqtdan unumli foydalanishga alohida e’tibor qaratilgan.
Mahallalarda vatanparvarlik, xalq birdamligi, Vatanga muhabbat tuyg‘usini oshirishga qaratilgan 18 ta ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazilib, ushbu tadbirlarga 2000 nafar yoshlar qamrab olindi.
Yoshlarning bilim olishga va kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirish maqsadida axborot kutubxona markazi bilan hamkorlikda “Kitob-ko‘ngil bulog‘i” tanlovi har bir mahallada o‘tkazib kelinmoqda.
Davlat organlari rahbarlari va yoshlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ochiq muloqotini yo‘lga qo‘yish maqsadida, har oyda 2 marotabadan “Rahbar va yosh xodimlar”, “Deputat va yoshlar”, “Tadbirkorlar va yoshlar” uchrashuvlari tashkil etib kelinmoqda.
Mahallalar va ta’lim muassasalarida ommaviy sport musobaqalari qamrovini oshirish maqsadida o‘quvchi va yoshlar o‘rtasida tuman chempionati, rahbar kubogi va ommaviy sport musobaqalari o‘tkazilib kelinmoqda. 2024-yil aprel-may oylarida 7-12 yoshlilar o‘rtasida jismoniy tayyorgarlik sinovlarini o‘tkazildi va bunda 3900 nafar ishtirokchilar qatnashdi.
Aholini sport turlariga jalb qilish orqali jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilar qamrovini 32 foizdan 36 foizga yetkazish maqsadida, joriy yilning 9 oyi davomida 96 ta sport musobaqalari va ommaviy sport tadbirlari o‘tkazildi, ushbu musobaqa va tadbirlarda 6000 nafardan ortiq ishtirokchilar qatnashdi.
Olis va chekka hududdagi mahallalarda sport infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan sport maydonchalarini bosqichma-bosqich barpo etish hamda bu orqali aholining sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida Sport maktabi hududida 24x42 o‘lchamdagi usti yopiq sun’iy qoplamali mini futbol maydoni qurilib foydalanishga topshirildi.
Aholi orasida to‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish orqali ortiqcha vaznga ega va semizligi mavjud aholi ulushini kamaytirib borish, shuningdek, anemiya va ichak infeksiyalari bilan kasallanish darajasini kamaytirish yuzasidan har bir xavf guruhi va kasallik turlari uchun parhez ovqatlanish bo‘yicha kerakli tavsiyalar berib borilmoqda.
“Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalariga muhtoj shaxslar, ularning mazkur vositalarga bo‘lgan ehtiyojlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar reyestrga kiritib borilmoqda.
Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan va yetim bolalarni oilaga tarbiyaga berishda nomzod tutingan ota-onalarni tayyorlash, ularning ota-onalik ko‘nikmalarini oshirish, oila - foster institutini joriy etish viloyat boshqarmasi orqali amalga oshiriladi.
Mahallalarda tashkil etilgan tadbirkorlik va salomatlik markazlarida ham 55 nafar xotin-qizlar tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitildi. 4 nafar tadbirkor xotin-qizlarimiz tomonidan tayyorlangan mahsulotlar Jizzax viloyatida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan savdo yarmarkasiga olib borilib, 2 nafar tadbirkor bilan savdo aloqasi o‘rnatildi.
Anjuman davomida mavzu yuzasidan berilgan savollarga javob berildi.