Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » Oilalarni saqlab qolishga har birimiz mas'ulmiz

Oilalarni saqlab qolishga har birimiz mas'ulmiz

30 ноябрь 2024 йил
51
0

Joriy yilning 29 noyabr kuni Zomin tuman hokimligi binosida fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarbdor tumanlararo sudi raisi O.Egamberdiev va sudya A.Pulatovlar tomonidan, “Erta nikoh va uning salbiy oqibatlari” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Dunyo bo‘yicha oilalarning ajrashish darajasi Hindiston (1 foiz), Chili (3 foiz), Turkiya (22 foiz) kabi davlatlarda eng past hisoblanadi, Luksemburg ajrashishlar bo‘yicha eng yuqori o‘rinni egallagan, har 100 ta oilaning 87 tasi ajrashib ketadi.

Hindistonda ajrashish darajasining pastligi, nikoh faqat ikki yoshning o‘rtasida emas balki ikki oila o‘rtasida rishtalarni vujudga keltirishi kimdir ajrashishni xohlasa ham oilaviy or-nomus, ota-ona hurmati sababli bu yo‘ldan qaytishi bilan izohlanadi.

Xo‘sh, ajrashishning asosiy sabablari nimada? xalqaro tashkilotlar, xususan BMT tomonidan har yili ajralishlarning global koeffitsienti berib boriladi. Mazkur ma’lumotlarga ko‘ra, nikohdan ajrashish statistikasi bir qator ta’sirchan omillar tufayli keskin o‘zgarib bormoqda. Dunyo bo‘yicha ajrashishga juftliklarning o‘zaro mos kelmasligi, xiyonat, giyohvandlik alkogolga qaramlik, moddiy yetishmovchilik hamda jismoniy ruhiy zo‘ravonlik katta ta’sir o‘tkazadi.

Shuningdek, o‘zbek oilalarning ajralishlariga uchinchi shaxslarning aralashuvi, qaynona-kelin munosabatlari, farzandsizlik, yosh oilalarning o‘z uy-joyiga, daromad manbaiga ega emasligi kabi omillar ham katta ta’sirga ega.

Odatda ajralishlarning sabablari har xil, ba’zilari juda ahamiyatsiz, boshqalari esa yo‘q. Ajrashmoqchi bo‘lgan er-xotin uchun muhim bo‘lgan narsa boshqa juftlik uchun ahamiyatsiz bo‘lishi mumkin. Qanday sabab bo‘lmasin ajrashish yoqimli holat emas, oila uchun ham jamiyat uchun ham zararlari ko‘p.

Oilaviy ajrimlarning qanday salbiy oqibatlari mavjud? Ajrashish bolalar uchun ayanchli kechadi. Ko‘pgina bolalar o‘z fikrlariga ko‘ra ota-onalarining ajrashishlarida o‘zlarini ayblashadi, aybdorlik qayg‘uga sabab bo‘ladi. Ajrashish bolalar ta’limiga salbiy ta’sir o‘tkazib, o‘quv jarayoni sustlashishiga yoki ta’lim olish imkoniyatlari uchun moddiy ta’minot cheklanishiga olib keladi.

Oila dinamikasi va moliyaviy ahvolining sezilarli darajada o‘zgargani sababli, ajralgan oilalardan chiqqan bolalar boshqa bolalarga qaraganda jinoyatchilikka moyil bo‘ladi. Ba’zan bolalar o‘zlariga nisbatan ishonchsizlini his qiladi.

Ajrashish oilalarning moddiy turmush tarziga salbiy ta’sir o‘tkazadi. Ikki shaxs o‘rtasida taqsimlangan ro‘zg‘or bir kishi zimmasiga tushadi. Xalqaro miqyosda statistik ma’lumotlarga ko‘ra, ajrashgan har beshinchi ayol qashshoqlikka tushmoqda, har uchinchi ayol uy-joysiz qoladi. Aksariyat erkaklarning turmush darajasi 10-40 foizga pasayib ketadi. Bu holat o‘z navbatida jamiyat taraqqiyotiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi va kambag‘allik o‘sishi, ijtimoiy yordamga muhtojlar ko‘payishiga hamda iqtisodiy zararga sabab bo‘ladi.

Bir uyda yashagan oilaning ajrashishi oqibatida, yana bitta uysiz odam ko‘payadi. Uni uy-joy bilan ta’minlash, boshqa moddiy ehtiyojlarini qondirish uchun davlatga ijtimoiy yuk ortadi.
 
Ba’zida umuman moddiy yohtiyojlar qondirilmaydi. Bolalar tarbiyasi, ularning moddiy ehtiyojini qondirish darajasi boshqalarnikidan pastligi sabab, ular o‘zlarini xo‘rlangandek his qilishadi.

Inson oilam, bolam-chaqam deb yashab, ishlar ekan, o‘zini turli jinoyatlardan tiyishi, qobiliyati va imkoniyatini ko‘paytirishga intilishi, mehr-muruvvatliroq bo‘lishi tayin. Bu esa, uning jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga, jamiyatning ham ezgu niyatli insonlar bilan boyishiga olib keladi. Ajrimlarning ko‘payishi esa shaxslarning jamiyatdan begonalashuviga, daxldorlik tuyg‘usining yo‘qolishiga olib keladi.

Oilaviy ajrimlarni kamaytirish uchun nima qilish kerak? Jamiyatimizda oilalarni saqlab qolish, ajrimlar sonini qisqartirish har qachongidan muhim ahamiyat kasb etmoqda.

 Avvalo, yosh oilalarni ish, uy-joy, real daromad bilan ta’minlash darajasini oshirish lozim. Bolalarni oilaviy munosabatlarga tayyorlashda mahalla oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyalari tomonidan mahalla imom xatiblari, yosh ulug‘ keksalar, xoji ota va xoji onalar, otinoyilar bilan hamkorlikda mahalla hududida yashab kelayotgan oilalar va ularning farzandlariga o‘zalarining tushuntirishlarini berib, oila muqaddasligi g‘oyasini ularning ongiga singdirish shart deb o‘ylayman.
 Mahalla va qishloq fuqarolar yig‘ini Yarashtiruv komissiyalari faoliyatini takomillashtirish, nizoli oilalar bilan doimiy ravishda aloqada bo‘lishning yangi mexanizmlarini joriy etish, fuqarolarga har bir oila davlat muhofazasida ekanligini amalda his qildirish kerak.

Zero, oilani asrab-avaylash, uning mustahkamligini ta’minlash, ajrashish arafasidagi oilalarni yarashtirish eng ezgu amallardan hisoblanadi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar