Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » Zominda MIB xodimlari tomonidan oilalar yarashtirildi

Zominda MIB xodimlari tomonidan oilalar yarashtirildi

10 июнь 2023 йил
271
0

Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir. Bugungi kunda oilada er-xotinning huquq va majburiyatlariga amal qilmasligi aksariyat hollarda nizolarga sabab bo‘layotgani va oxir-oqibat notinchlik ortidan ayrim farzandlar otasiz yoki onasiz ulg‘ayishga majbur bo‘layotgani rost.

Ikki yoshning boshini qovushtirish uchun ota-onalar, yoshi ulug‘lar sa’y-harakatlar qilishadi. Ammo yoshlar o‘rtasidagi arzimas gap-so‘zlar va asossiz vajlar tufayli guldek oilaning barbod bo‘lishi achinarli hol. Ba’zan mahalla faollari, qo‘ni-qo‘shni va mutasaddilarining oilalardagi kelishmovchiliklarga befarqligi ham oilaviy ajrimlarga sabab bo‘layotganini ming taassuf bilan tilga olish lozim.

Endi bir muloxaza qilib ko‘raylik, Oila atalmish qo‘rg‘onning dars ketgan yorig‘i qanday kattalashadi?

Bir oilada qandaydir arzimas sababga ko‘ra janjal bo‘ldi va kelin jaxl ustida farzandlarini olib ota uyiga jo‘nab qoldi. Oradan vaqt o‘tib yarashtirish o‘rniga kelin tomoni farzandinining ta’minoti uchun aliment undirish maqsadida «kuyovto‘ra»ni sudga beradi, bu oilaning dars ketgan yorig‘ini yanada kattalashtiradi.

Keyin oradagi munosabatlar yanada sovuqlashadi, sababi oldinda aliment to‘lamaganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarliklar kutib turadi. Aslida farzandlari ta’minoti uchun aliment to‘lasada, ko‘nglidagi sovuqlik ortib boraveradi.

Qachonlardir bir-birlarini yaxshi ko‘rib turmush qurgan, buning mevasi sifatida farzandlar dunyoga kelgan oila qandaydir sabablar omilida avvalgidek baxtli yashashni istashadi.

Bugungi kunda Byuro xodimlari ham o‘sha sababchi shaxslarga aylanmoqda.

  

Jumladan, Byuroning Jizzax viloyati boshqarmasi tuman-shaxar bo‘limlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida 562 nafar oilalar yarashtirildi. Misol uchun, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarbdor tumanlararo sudining buyrug‘iga asosan G‘.J. hisobidan G‘.M. foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish bo‘yicha ijro xujjati byuroning Zomin tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

Davlat ijrochisining harakatlari bilan tomonlarga to‘g‘ri huquqiy tushuntirishlar berish natijasida oila qayta tiklanib, ijro ishi amalda tamomlandi. Natijada norasi bola ota-onasining mehriga to‘yib o‘sadigan bo‘ldi.

Byuroning Zomin tuman bo‘limi tomonidan bu boradagi ishlar muntazam davom ettirilmoqda. Toki, muqaddas oila qo‘rg‘oni hech qachon darz ketmasin.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar