Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » Hurmatli fermer xo‘jaligi rahbar hamda xisobchilari!

Hurmatli fermer xo‘jaligi rahbar hamda xisobchilari!

25 декабрь 2024 йил
12
0

 

Davlat statistika organlari tomonidan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun barcha turdagi davlat statistika hisobotlarini internet tarmog‘i orqali elektron shaklda taqdim etish imkoniyati yaratilgan.

Tumanda faoliyat ko‘rsatayotgan fermer xo‘jaliklari 2024 yil 4-chorak uchun 4-fx shakli (choraklik) “Fermer xo‘jaliklari faoliyati to‘g‘risida”gi davlat statistika hisobotini Davlat statistika ishlari dasturiga muvofiq taqdim etishi lozim.

Iltimos, o‘z vaqtida hisobot taqdim etishni unutmang! Hisobotni taqdim etish muddati 2025 yil 6 yanvardan kechiktirmay.

Shu bilan birga, Sizdan hisobotda fermer xo‘jaligi faoliyatining natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘g‘ri va haqqoniy aks ettirishingizni so‘raymiz.

O‘z o‘rnida, mansabdor shaxslarning davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzishi, hisobot ma’lumotlarini buzib ko‘rsatishi yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzishi O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 215-moddasida belgilangan javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘lishini eslatib o‘tamiz.

Siz mazkur hisobot shaklini Davlat statistika agentligining rasmiy www.stat.uz saytidan hamda hisobot.stat.uz xavolasi orqali olishingiz mumkin. Shu bilan birga uni to‘ldirish va elektron shaklda jo‘natish yuzasidan (91) 569-55-86 telefon raqamlari orqali tushunchalar olishingiz mumkin.

Tuman statistika bo‘limi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar