XALQ DEPUTATLARI ZOMIN TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI TO’RTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Zomin tumani hokimligida Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashining navbatdagi uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, tashkilot rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Sessiyada kun tartibiga qo‘yilgan Zomin tumanining 2025-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash to‘g‘risida,
Zomin tumanida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar hamda mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun 2025- yilga belgilangan bazaviy soliq stavkasi asosida yer solig‘i stavkalarini tasdiqlash to‘g‘risida,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi 145-sonli qarori ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar va “Ayollar daftari”dan chiqarish to‘g‘risidagi masalalar deputatlar ishtirokida ko‘rib chiqildi.
Sessiyada ko‘rilgan masalalar yuzasidan Xalq deputatlari tuman kengashi deputatlari o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Sessiya yakunida xalq deputatlari Zomin tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.