YANGI YILDA - YANGI O‘ZBEKISTON BO‘YLAB SAYOHAT
“Yoshlar turizmi haftaligi” doirasida “Yangi yilda - Yangi O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” shiori ostida sayohat tadbirlari davom etmoqda.
Zomin tumani hokimligi hamda Yoshlar ishlari agentligi Zomin tumani bo'limi tashabbusi bilan mahallalaridagi yoshlar yetakchilari boshchiligida uyushmagan yoshlar hamda maktab o'quvchilari bilan birgalikda Viloyatimizning diqqatga sazovor joylaridan biri bo'lgan Yangiobod tumani "Xo'jamushkent Ota" ziyoratgohiga sayohat uyushtirildi.
Sayohatdan ko'zlangan asosiy maqsad muqaddas ziyoratgohlar, madaniy meros obyektlariga yoshlarimizning jamoaviy tashriflarini tashkil qilish ularning ushbu qadamjolar haqida bilim va ko'nikmalarini yanada oshirishdan iborat.
Sayohat davomida Yangi 2023-yilni fayzli va barokatli yil bo'lishini so'rab duo o'qildi, qurbonlik qilindi hamda marhumlar haqqiga qur'on tilovatlari tushurildi.
Zomin tumani hokimligi
Axborot xizmati