HOKIMIYAT VAKILLARI MARKAZIY SHIFOXONA SHAROITI BILAN TANISHISHDI
Yurtimizda hukm surayotgan anomal sovuq tufayli qator ijtimoiy muassasalarda isitish tizimlari va boshqa vositalardan foydalanishdagi muammolarning oldini olish muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu munosabat bilan bugun Zomin tumani hokimi oʻrinbosarlari Tursunali Usmonqulov, Sardor Anvarovlar tuman Tibbiyot Birlashmasiga qarashli Markaziy shifoxonaga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida boʼlim bosh shifokorlari, hoʼjalik boʼlim mudirlari, navbatchilar hamrohligida shifoxonada mavjud sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.
Issiqlik tizimi, bemorlar uchun zaruriy tibbiy vositalarni ishlatish uchun kerak boʼlgan elektr energiyasi va qoʻshimcha generatorlarning ishlash faoliyati sinchiklab oʼrganildi. Bemorlar bilan, boʼlim shifokorlari va texnikalar bilan suhbatlashildi.
Zomin tumani hokimligi
Axborot xizmati