SEKTOR RAHBARI MAKTAB VA MTTLARGA TASHRIF BUYURDI
Xabaringiz bor, noqulay ob-havo tufayli Respublikamizda qishki ta’til 17 yanvarga qadar uzaytirilib, bog’chalarda 10-18 yanvar kunlari navbatdan tashqari ta’til berilishi ma’lum qilindi. Shu munosabat bilan bugun 2-sektor rahbari, tuman prokurori X. Abdullayev tashabbusi bilan hudud faollari, MHX boshlig’I harohligida “Nihol” mahallasidagi 20 va 57-umumta’lim maktablari hamda 3-MTTlarga tashrif buyurdi.
O’rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko’rilgach, mahalladagi 2 nafar ahvoli og’ir bo’lgan fuqarolar honadonlariga borildi. Moddiy va ma’naviy ko’makka muhtoj, kam ta’minlangan, tegishli daftarlarga ro’yxatga olingan kishilarga amaliy yordam berish yuzasidan choralar ko’rildi.
Zomin tumani hokimligi
Axborot xizmati